Özbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafşon» zali Media hall’ida «Yangi Özbekiston - yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbiri bölib ötmoqda.

«Kelajak avlodlar manfaati uçun barqaror rivojlaniş: iqtisodiy ustuvorliklar» mavzusidagi tadbirda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, infratuzilma, kiçik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rağbatlantiriş, iqtisodiyotda davlat uluşini kamaytiriş, davlat korxonalari samaradorligini oşiriş, investitsion muhitni yaxşilaş kabi masalalar yuzasidan fikr almaşilmoqda.

Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatovning ma'lum qilişiça, Özbekiston hozirgi kunda oğir mahsulotlarni emas, balki xizmatlarni eksport qilişga e'tibor qaratişi lozim.

«Biz oğir mahsulotlarni emas, balki xizmatlarni eksport qilişga e'tibor qaratişimiz lozim. Bolalarni axborot texnologiyalari, ingliz tiliga qiziqtiriş kerak. Şunda fuqarolarning boşqa davlatga köçib ötişiga hojat qolmaydi. Ular Özbekistonda turib, ingliz tilini bilgan holda, çet elga xizmatlarni eksport qilişi mumkin böladi. Ertaga maktabdan keyin ham iş topişga qiynalmaydi. 

Ta'lim sohasidagi eng katta muammo - rahbar kadrlar yetişmasligi. Fidoyi, yaxşi maktab direktorlarini topişga qiynalyapmiz. Bu ta'lim sohasidagi mutaxassislarning pul topiş darajasi boşqa sohadan orqada bölgani bilan ham boğliq edi», - deydi Şerzod Şermatov.