O‘zbekiston | 10:43 / 18.12.2019
12951
2 daqiqa o‘qiladi

Adliya vaziri O‘zbekistonda so‘nggi 3 yilda nechta hujjat qabul qilinganini aytdi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafshon» zali Media hall’ida «Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

«Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi» mavzusidagi tadbirda sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy tamoyiliga rioya etilishini ta'minlash, sud-tergov jarayonida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish, advokatning dalillar to‘plash va taqdim etish huquqini kengaytirish, ularning kafolatlarini ta'minlash, jinoiy va jinoiy-protsessual qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish, shu jumladan, iqtisodiy jinoyatlar sohasidagi normalarni erkinlashtirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashilmoqda.

Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning aytishicha, O‘zbekistonda so‘nggi uch yilda 15 mingta hujjat qabul qilindi. 

«Yurtimizda so‘nggi uch yilda 15 mingta hujjat qabul qilindi. 1991-2016 yillar davomida esa 60 mingta hujjat qabul qilingan. Biroq, sifat haqida ham o‘ylash kerak, biz ekspertizaga kelib tushgan hujjatlarning kamida 10 foizini qaytarib yuboryapmiz. Har qanday hujjatning 90 foizi bo‘yicha e'tirozlar, munosabat bildiryapmiz. Shuni ta'kidlash kerakki, oxirgi 2 yilda 500ta hujjatni vazirlikning o‘zi tayyorlab chiqardi, vazirlik qonunchilik ijrosi bo‘yicha ham ishlayapti», - deydi Ruslanbek Davletov.  

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid