2019 yil 9 – 13 dekabr kunlari "ÖzRTXB" AJda ötkazilgan birja savdo natijalariga köra birja bozorining turli tovar segmentlarida narxlar dinamikasi pasaydi.
Körib çiqilayotgan davr mobaynida 3499,4 tonna AI-91 rusumli benzin birja savdolariga qöyildi va şundan 2726,0 tonnasi sotildi. Sönggi savdo haftasida AI-91 rusumli benzini böyiça şakllangan birja kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan 0,7 foizga pasayib, bir tonnasi uçun 6270,7 ming sömni taşkil etdi.
Ötgan haftada suyultirilgan gaz işlab çiqaruvçilari birja savdolari orqali 13,3 mlrd sömlik 4880,0 tonna suyultirilgan gaz sotişdi. Gazning birjada şakllangan narxi oldingi haftaga nisbatan 1,9 foizga pasayib, bir tonna uçun 2730,7 ming sömni taşkil etdi.
Paxta tolasi bozorida yuqori darajadagi talab saqlanmoqda. Ötgan hafta 1 nav 4 tip (oliy 2019)dagi paxta tolasi böyiça narxlar 2,3 foizga ösib, bir tonna uçun 14,9 mln sömni taşkil etdi. Paxta tolasini boşqa navlarining narxlari örtaça 10,9 mln sömdan 14,5 mln sömgaça böldi.












