Xalq demokratik partiyasidan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatligiga Farğona viloyatidan körsatilgan nomzodlar qaysi ijtimoiy masalalarni kötarib çiqmoqda?

Şerzod Gulmatov, iqtisodçi, Beşariq tumani hokimligi moliya bölimi mudiri, 100-Beşariq saylov okrugidan nomzod:
– Parlament fraksiyamiz aholining ijtimoiy kayfiyatiga ta'sir körsatuvçi me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarining majburiy ijtimoiy maslahati, jamoatçilik muhokamasi va jamoatçilik ekspertizasi mexanizmini qonuniy jihatdan mustahkamlaşni maqsad qilgan. Şundan kelib çiqib aytiş kerakki, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlaş va mustahkam taraqqiyotni ta'minlaş maqsadida davlat organlari faoliyatiga, aholining ijtimoiy kayfiyatiga ta'sir körsatuvçi muammolarni oldindan aniqlaş va samarali hal etişni ta'minlaydigan ijtimoiy diagnostikaning zamonaviy uslublarini joriy etiş kerak, deb öylayman.

Nigaraxon Alimova, pedagog, Danğara tumanidagi 2-iqtisoslaştirilgan maktab direktori, 101-Danğara saylov okrugidan nomzod:
– Kam daromadli oilalar manzilli ijtimoiy himoyasi samaradorligini oşirişga alohida e'tibor qaratişni rejalaştirdik. Xöş, qanday qilib? Masalan, aholining kam ta'minlangan qatlami, jumladan, nogironligi bölgan şaxslar, nogironligi bölgan bolalarni tarbiyalayotgan ota-onalar, oğir ijtimoiy vaziyatga tuşib qolgan xotin-qizlarga, kam ta'minlangan, farzandlarini töliqsiz oilada tarbiyalayotgan va yaşaş şaroitini yaxşilaşga muhtoj onalar uçun qurilayotgan arzon uy-joylar sonini köpaytiriş kerak, degan taşabbusni ilgari suryapmiz.

Farhodjon Mamadaliyev, menejment, Özbekiston tumani tibbiyot birlaşmasi boşliğining örinbosari, 102-Yaypan saylov okrugidan nomzod:
– Partiyamiz mamlakatimizda davlat va jamiyatning manzilli ijtimoiy muhofaza hamda ijtimoiy qöllab-quvvatlaşiga ehtiyojmand aholi qatlamlari manfaatlarini himoya qiliş, ta'lim va soğliqni saqlaş, sud-huquq, uy-joy va kommunal xizmatlar körsatiş tizimini yanada isloh etişga e'tibor qaratadi. Saylovoldi dasturim partiyamizning aynan mazkur yönalişlardagi ustuvor ğoyalariga asoslanadi. Eng muhimi, iqtisodiy islohotlarning ijtimoiy samaradorligini oşiriş asosiy maqsadimizdir.

Otajon Rasulov, pedagog, Farğona viloyati xalq ta'limi boşqarmasi boşliği örinbosari, ma'naviy-axloqiy tarbiya bölimi boşliği, 103-Qöqon saylov okrugidan nomzod:
– Axborot makonida mafkuraviy tahdidlar kuçayib borayotgan şaroitda, ularga qarşi kuraşiş uçun jamiyatning ijtimoiy birlaşişi muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, uşbu masalaga doir vazifalarini fuqarolarda mafkuraviy immunitetni şakllantiriş hamda milliy mustaqillik ğoyasini mustahkamlaş böyiça davlat va fuqarolik jamiyati institutlari olib borayotgan işlarni izçil qöllab-quvvatlaş orqali amalga oşiriş mumkin, deb öylayman. Oila institutini mustahkamlaş va barkamol avlodni tarbiyalaş borasidagi işlarni yanada takomillaştirişda öz hissamni qöşişni maqsad qilganman.

Zamira Darvişeva, iqtisodçi-hisobçi, Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Uçköprik tuman kengaşi raisi, 104-Uçköprik saylov okrugidan nomzod:
– Biz pensionerlar, nogironligi bölgan şaxslar, kam ta'minlangan oilalar, “Muruvvat”, “Saxovat” va “Mehribonlik” uylarida yaşovçilar, aholining boşqa zaif qatlamlariga tibbiy xizmat körsatiş, ularni dori vositalari va tibbiy maqsadlar uçun möljallangan buyumlar bilan ta'minlaş, şuningdek, ijtimoiy dorixonalar tarmoğining rivojlanişi va faoliyati ustidan qat'iy nazorat olib boramiz.

Mavludaxon Maxmudova, kutubxonaçi, Buvayda tumani madaniyat bölimi mudiri-madaniyat va aholi dam oliş markazi direktori, 105-Buvayda saylov okrugidan nomzod:
– Bizning partiya fuqarolar uçun mehnat qiliş, dam oliş, har yilgi haqi tölanadigan ta'tilga çiqiş, işsiz bölib qolgan taqdirda ijtimoiy muhofazaga bölgan konstitutsiyaviy huquqni amalga oşiriş uçun zarur şart-şaroitlarni yaratiş, insonning hayot ta'minoti uçun zarur bölgan iş haqi, pensiya va nafaqalarning kafolatlangan eng kam miqdorini joriy etiş kabi ijtimoiy tenglik va adolat ğoyalarini qonun çiqaruvçi organdagi vakillari orqali ilgari surişda davom etadi.

Şohista Siddiqova, pedagog, Bağdod tumanidagi 1-maktab öqituvçisi, 106-Boğdod saylov okrugidan nomzod:
– Xalq demokratik partiyasi uy-joy qayğusida yurgan yurtdoşlarimizning muammolarini yaxşi tuşunadi va bu masalada mamlakatimizda yangiça tizim joriy etiş, ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlari çeklangan kişilarning manfaatlarini himoyalaş zarur, degan taşabbusni ilgari suryapti. Muayyan oylik daromadga ega bölgan, ammo joylarda qurilayotgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida xarid qiliş uçun dastlabki badal pulini tölaşga qurbi yetmaydigan oilalar, yoşlar uçun uyni dastlabki badalsiz sotib oliş imkoniyatini yaratiş lozim.

Avaz Urinboyev, iqtisodçi, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, 107-Rişton saylov okrugidan nomzod:
– Aholining huquqiy madaniyatini oşirişga doir işlar samaradorligini yanada yaxşilaş, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari negizida xuquqiy maslahat beriş tizimini yaratiş. Jumladan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari ijtimoiy masalalar böyiça davlat va vakillik organlariga yuborayotgan murojaatlari yuzasidan maslahatlar berib boriş oldimizda turgan eng muhim vazifadir. Biz ijtimoiy demokratiya – huquqlar tengligi va ularni amalga oşirişda imkoniyatlar tengligi tarafdorimiz!

Abduğaffor Miraminov, muhandis-gidrotexnik, Oltiariq tumanidagi “Jalilobod” fermer xöjaligi rahbari, 108-Oltiariq saylov okrugidan nomzod:
– Partiya iqtisodiyotni liberallaştiriş va bozor tizimini şakllantiriş ijtimoiy maqsadlarga erişiş kafolatini bermaydi, deb hisoblaydi. Şu bois davlat va jamiyat tomonidan iqtisodiy rivojlanişni nazorat qiliş hamda tartibga soliş böyiça demokratik tizimni şakllantiriş lozimdir. Şu maqsadda investitsiyalar ustidan jamoatçilik nazoratining samarali tizimini yaratiş, investitsiya siyosatida jamiyat manfaatlari himoyasini ta'minlaş kerak, deb öylayman.

Umidaxon Xudayberganova, menedjyer, “Istiqbol yöli” gazetasi boş muharriri, 109-Qöştepa saylov okrugidan nomzod:
– Bola qobiliyatini erta aniqlaş va ularning barkamol rivojlanişiga yönaltirilgan samarali protsessual mexanizmlarni yaratiş, kam ta'minlangan oilalarning iste'dodli va qobiliyatli farzandlarini qöllab-quvvatlaş uçun davlat grantlari tizimini yaratiş oldimizda turgan eng muhim vazifalardan biri. Yana bir muhim masala, kam ta'minlangan oilalar farzandlari uçun “Barkamol avlod” bolalar maktablariga tölovlarni bekor qiliş kerak. Biz madaniy-gumanitar sohada teng imkoniyatlar tarafdorimiz! Bu barkamol avlodni tarbiyalaş poydevoridir!

Dilfuza Abdullayeva, filolog, Marğilon şahridagi 1-son davlat ixtisoslaştirilgan maktab öqituvçisi, 110-Marğilon saylov okrugidan nomzod:
– Ta'limda ijtimoiy tenglikni ta'minlaş mamlakatimizda demokratik jamiyatni şakllantirişning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Aholining kam ta'minlangan qatlami uçun oliy ta'limdan foydalanişining ijtimoiy maqbulligini oşiriş dolzarb vazifa, deb öylayman. Buning uçun tölov-şartnoma asosida tahsil oladigan kam ta'minlangan oilalarning farzandlariga imtiyozli ta'lim kreditlarini ajratiş, nogironligi bölgan şaxslarning oliy ta'lim muassasalarida öqişi uçun imkoniyatlarni kengaytiriş kerak.

Dilbarxon Mamadjanova, muhandis-elektrik, Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Farğona viloyat kengaşi raisi, 112-Vodil saylov okrugidan nomzod:
–Doimiy iş joyiga ega bölmagan, oğir ijtimoiy vaziyatda qolgan ayollarning ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş nihoyatda dolzarb vazifadir. Fikrimça, ayollar bandligini ta'minlaş yönalişida qator çora-tadbirlar amalga oşirilişi lozim. “Mardikor bozorlari”da ayollarga taklif etilayotgan mehnat turlarini aniqlaş, ularning orasida ayollar imkoniyatiga mos bölgan faoliyat turlari böyiça Özbekistonda ham firmalar, mehnat birjalari faoliyatini taşkil etiş, ularga işsiz ayollarni biriktiriş, ular uçun maxsus kasb-hunar örgatuvçi bepul kurslar taşkil etiş, ayollar bandligini ta'minlovçi firmalarning öz faoliyatini aholiga tanitiş va tarğib qilişiga şaroit yaratiş kerak.

Baxtiyor Mirzayev, şifokor, Toşloq tumani tibbiyot birlaşmasi bolalar bölimi mudiri, 113-Toşloq saylov okrugidan nomzod:
– Aholining ijtimoiy manfaatlarini himoya qiliş, turmuş darajasini oşiriş, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamning ijtimoiy manfaatlari va axloqiy qaraşlariga jiddiy zarar yetkazadigan ortiqça xarajatlarning oldini oliş eng muhim vazifalarimizdan biri. Şu maqsadda nikoh töylari, yubileylar, dafn marosimlari va boşqa oilaviy tadbirlarni ötkaziş tartibiga qat'iy rioya qiliş, tarixan şakllangan madaniy qadriyatlar va an'analarning asl mazmuni hamda ahamiyatiga doir tarğibot işlari samaradorligini oşirişni rejalaştirdik.

Juraboy Saymatov, muhandis-gidrotexnik, Sirdaryo-Söx irrigatsiya tizimlari havza boşqarma boşliğining birinçi örinbosari, 114-Quva saylov okrugidan nomzod:
– Aholining ehtiyojmand qatlamlarini qori ijtimoiy ta'minlanganlik darajasi — jamiyat barqarorligining mustahkam poydevori hisoblanadi. Şundan kelib çiqib, bir qator masalalar parlament, deputatlik va jamoatçilik nazoratini amalga oşiriş kerak, deb öylaymiz. Xususan, nogironlarga xususiy tadbirkorlik hamda tomorqa xöjaliklarini rivojlantiriş uçun imtiyozli kreditlar ajratiş, kam ta'minlangan oilalar a'zolarining tadbirkorlik sohasidagi faolligi hamda kasanaçilikni davlat va davlat-xususiy şeriklik asosida rağbatlantiriş tizimi böyiça nazoratni kuçaytiriş kerak, deb öylayman.

Aşurxon Israilova, şifokor, Quvasoy şahri köp tarmoqli markaziy poliklinika boş vraçi, 115-Quvasoy saylov okrugidan nomzod:
– Partiyamiz öz deputatlari orqali iqtisodiy islohotlarning ijtimoiy samaradorligini oşirib borişni, jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini şakllantirişni, ijtimoiy hamkorlik munosabatlarini rivojlantirişni közda tutadi. Uşbu masalada bir qator takliflar bilan çiqmoqda. Gap şu haqida ketganda, zarur kasbiy malakasi yöqligi sababli doimiy iş joyi va barqaror daromadga ega bölmagan kişilar, jumladan, içki va taşqi mehnat migrantlar manfaatini himoya qiliş muhim masala ekanini ta'kidlab ötmoqçiman.

Sobirjon Normatov, olim-agronom, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspeksiyasi Söx tumani bölimi boşliği, 116-Navbahor saylov okrugidan nomzod:
– Jamiyatda barqarorlikni saqlab turiş uçun ijtimoiy keskinlikni yuzaga keltirişi mumkin bölgan ijtimoiy muammolarni tezkor aniqlaş va hal etişning ta'sirçan mexanizmlarini yaratiş maqsadga muvofiq. Ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni va elektoratining kayfiyatini tizimli monitoring qilib boradigan mahalliy va boşlanğiç taşkilotlari bu mexanizmning muhim tarkibiy qismlari bölişi lozim.
Umuman olganda, nomzodlarimiz ilgari surayotgan taklif va taşabbuslar jamiyatda ijtimoiy tenglik, ijtimoiy adolat va ijtimoiy birdamlik tamoyillarini qaror toptiriş yölida Özbekiston XDPning joylardagi ta'sir doirasini mustahkamlaşga imkon beradi.
Xalq demokratik partiyasidan körsatilgan nomzodlarga ovoz bering!
ÖzXDP markaziy Kengaşi
Axborot xizmati










