App Annie kompaniyasi tahlilçilari foydalanuvçilar orasida qaysi dasturlar va öyinlar 2010-2019 yillar davomida eng talabgir bölganini aniqlaşdi. Ön yillik natijalariga köra, bu borada messenjerlar yetakçilik qilmoqda.

Eng köp yuklanuvçi dasturlar röyxatida Facebook, Facebook Messenger va WhatsApp dasturlari yetakçilik qilmoqda. Röyxatning yuqori beştaligidan Instagram va Snapchat dasturlari ham joy olgan.
Ön yillikning eng ommabop öyini Subway Surfers bölgan. Bu borada 2-örinni Candy Crush Saga, 3-örinni Temple Run 2 dasturlari egallagan. Yetakçi beştalikdan My Talking Tom va Clash of Clans öyinlari ham joy olgan.
Şuningdek, eng serdaromad dasturlar reytingi ham tuzilgan. Unda Netflix striming xizmati yetakçilik qilmoqda. 2-örinni tanişuvlar dasturi Tinder, 3-örinni Pandora Music egallagan.
















