Saudiya Arabistoni prokuraturasi messenjerlar orqali ğayriaxloqiy yoki dinga qarşi xabar va suratlarni tarqatuvçilarga qamoq jazosi hamda yirik jarima bilan tahdid qildi. Duşanba kuni boş prokuratura mikroblogida joylaştirilgan xabarda şu haqida ma'lum qilindi. 

"Elektron sohadagi jinoyatlar, ya'ni jamoatçilik tartibini buzuvçi, axloq-odob yoki diniy qadriyatlarga zid bölgan materiallarni tayyorlaş, saqlaş yoki ularni ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali tarqatgan  kimsalar uçun 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş va 3 million rial (800 ming dollar)gaça jarima yoki şu jazolardan biri közda tutilgan", - deyiladi prokuratura xabarida. 

Sönggi vaqtlarda Saudiya Arabistoni hukumati ayollarga ijtimoiy hayotda faolroq iştirok etişga izn berib, elektron jinoyatlar uçun jazolarni kuçaytirmoqda.