Özbekistonning Aqtau şahridagi (Qozoğiston) boş konsulxonasi 2019 yil 14 dekabr kuni Samara-Çimkent yönalişi böylab harakatlanayotgan va içida 54 nafar odam, jumladan 50 nafar Özbekiston fuqarosi bölgan avtobus Aqtöbe viloyati Aytekebi tumani hududida texnik nosozlik tufayli töxtab qolgani töğrisida OAVda tarqalgan ma'lumotni tasdiqladi.

Boş konsulxona ma'lumotiga köra, tuman yöl-patrul xizmati yölovçilarni evakuatsiya qiliş, ularni issiq ovqat bilan ta'minlaş va avtobusni ta'mirlaşda yordam körsatdi. Avtobus esa ta'mirdan keyin harakatni davom ettirgan.

Şu bilan birga, TIV Konsullik-huquqiy departamenti yana bir bor Özbekiston fuqarolari e'tiborini avtobuslarda yoki avtomobil transportining boşqa turlarida qişki vaqtda Qozoğistonga kirişda yoki uning hududidan ötişda ehtimoliy xatarlarni hisobga oliş va tegişli çoralar köriş zarurligiga qaratgan.

Qozoğiston hududida bölib turgan Özbekiston fuqarolari, jumladan tranzit bilan boşqa davlatga ötayotgan yurtdoşlarimiz, zarur hollarda mamlakatning Nur-Sulton şahridagi elçixonasiga (Nur-Sulton şahri, Aqmöla, Şimoliy Qozoğiston, Pavlodar, Qöstanay va Qarağanda viloyatlari, tel.: +7-717-295-45-87, +7-777-218-20-10 (Telegram, Whatsapp, Imo); Aqtau şahridagi boş konsulxonaga (Aqtöbe, Atirau, Ğarbiy Qozoğiston va Mangistau viloyatlari, tel.: +7-29-277-71-17, +7-777-599-00-50, +7-777-599-00-51); Olmaota şahridagi Boş konsulxonaga (Olmaota şahri, Çimkent şahri, Olmaota viloyati, Şarqiy Qozoğiston, Turkiston, Jambil va Qizilörda viloyatlari, tel.: +7-727-299-20-70, +7-727-390-26-16) murojaat qilişlari mumkinligi eslatib ötilgan.