Parlament – nima u? Deputat degani kim?

Xalq ishonch bildirib, «bizdan vakil bo‘ladi» deb o‘z ichidan tanlab-saylab olgan kishilarning majlisi bu – parlament. Demak, parlament bu – ishonch bildirilgan kishilar yig‘ini. Shuning uchun uni «parlament» emas, balki «ishonch uyi» deb atasa ham bo‘ladi. Zero bu bino ichidagilar ishonchni oqlashga urinishadi.
Ammo... buning sharti bor!

Shart shuki, parlament mana shunday parlament bo‘lishi uchun unga vakil tanlash jarayoni, ya’ni saylov – haqiqiy saylov bo‘lishi kerak. Buning uchun saylovchilar rostdan ham o‘z ichlaridan eng loyiq kishilarni, aqlli, dono, mas’uliyatli, ishonsa bo‘ladigan kishilarni tanlab olishlari va parlamentga jo‘natishlari lozim.
Va keyin ham – ularni vakil qilganlaridan so‘ng ham ular bilan muloqot qilib turishlari, hisobot so‘rab turishlari kerak. Shundagina parlament haqiqiy parlament bo‘ladi. Xalqning o‘ziga xos yuragi bo‘ladi.
Ko‘ryapmizki, parlament haqiqatdan ham xalq vakillari majlisi bo‘lishi uchun xalqning o‘zi faol bo‘lishi kerak ekan. Xalq faol bo‘lmasa, saylov saylov bo‘lmaydi, noloyiq, «xalq vakili» deb atab bo‘lmaydigan kishilar parlamentga ravona bo‘lishadi. Natijada xalqning hayoti yaxshilanmaydi, parlamentni esa «ishonch uyi» deb atab bo‘lmaydi.
Demak, xalqning hayotiga doir qonun-tartiblar ishlab chiqiladigan joy – parlamentning qanday joy bo‘lishi xalqning o‘ziga bevosita bog‘liq ekan. Odamlar saylovlarga, qanday kishilarni saylayotganliklariga befarq bo‘lishsa, vakil bo‘lishga loyiq kishilarni qo‘llab-quvvatlashmasa, noloyiq nomzodlarni savollar bilan tergab, shu asnosida ularni fosh qilishmasa, unda... jamiyat hayotini tartiblovchi qoidalar – QONUNlarni ishlab chiquvchi idora – parlament yaxshi parlament bo‘lmaydi. Xalqning hayoti esa yaxshilanmaydi.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Olimlar ekstremal jaziramalarning asosiy aybdorlarini aniqladi
Jahon | 23:35 / 07.05.2025
-
7 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 23:10 / 07.05.2025
-
TDTU negizida yangi Tashkent Tech texnika universiteti tashkil etiladi
O‘zbekiston | 23:07 / 07.05.2025
-
Albaniya Trampning kuyoviga tegishli kurort qurilishini ma’qulladi
Jahon | 23:06 / 07.05.2025
Mavzuga oid

08:56 / 25.04.2025
O‘zbekistonni qizamiqdan xoli hudud maqomini tiklash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi

16:21 / 12.04.2025
Saida Mirziyoyeva bolalar uchun kontent yaratishni yangi bosqichga olib chiqish zarurligini ta’kidladi

19:36 / 22.02.2025
“Budjetni deputatlar yozishi kerak” - parlamentlar haqida iqtisodchi bilan suhbat

12:09 / 20.02.2025