Microsoft boş direktori, 52 yoşli Satya Nadella Financial Times naşri talqiniga köra “yil odami” böldi. 

Naşr ekspertlarining fikriça, Nadella Microsoft’ni eng nufuzli kompaniyalar qatoriga qaytara oldi.

Ta'kidlanişiça, Nadella uşbu lavozimni 6 yildan beri egallaşi vaqtida kompaniya aksiyadorlarining umumiy daromadi 1 trln dollardan oşib ketdi.

Asli hindistonlik bölgan Nadella Microsoft’ni “texnologiyalar sohasida işlovçi kompaniyalar çöqqisiga qaytarişga” muvaffaq böldi.  

Nadella kompaniyada 1992 yildan işlay boşlagan. U kompaniyada bölim boşliği örinbosaridan boş direktor lavozimigaça bölgan yölni bosib ötgan. 2014 yilda uşbu lavozimda Stiv Balmer örnini egallagan.

Avvalroq AQŞning Time naşri öz talqiniga köra yil odamini e'lon qilgandi. Jurnal şvetsiyalik 16 yoşli ekofaol Greta Tunbergni yil odami deb e'tirof etdi.