Saylovoldi taşviqot sönggi bosqiçga yetib keldi. Xalq saylov jarayonlarini izçil kuzatib, qaysi siyosiy kuçni qöllab quvvatlaş böyiça bir qarorga kelmoqda. Şu örinda barça saylovçilarga eslatma sifatida “Adolat”ga ovoz berişga undovçi omillarni e'tiboringizga havola etmoqçimiz.

  • “Adolat” SDP yagona sud tizimiga ötiş taklifi bilan çiqib, sudlar örtasidagi sarsongarçilikka qarşi turyapti! Sud jarayonida advokatura va prokuratura huquqlari tenglik prinsipini ta'minlaş uçun kuraşyapti!
  • “Adolat” SDP “Korrupsiyani ildizigaça quritamiz”, deya dadil ayta olyapti! Boş prokuratura bilan hamkorlikda kelgusi 5 yilda Özbekiston Respublikasining korrupsiyaga murosasiz 50 ta davlat qatoriga kirişini ta'minlaşga qaratilgan kompleks çora-tadbirlarni amalga oşirmoqçi!
  • “Adolat” SDP öqituvçi maqomini oşirmoqçi, moddiy imkoniyatlarini kengaytirmoqçi! “Öqituvçining maqomi töğrisida” alohida qonun qabul qiliş niyatida!
  • “Adolat” SDP hokimlar vakolatini qisqartiriş tarafdori! Hokimliklar barça uçun teng manfaatlarni ta'minlagan holda işlaşi lozimligini uqtiryapti!
  • “Adolat” SDP yagona tergov qömitasini taşkil etiş taklifini ilgari surmoqda! Bu orqali dastlabki tergov ustidan nazoratni kuçaytirişni maqsad qilgan!
  • “Adolat” SDP oliy ta'limda kvotalarni bekor qilmoqçi. Har bir insonga oliy ta'lim oliş imkoniyatini taqdim etiş niyatida!
  • “Adolat” SDP bolalarni maktabgaça ta'lim muassasalarga qamrab olişni köpaytirmoqçi va MTMlar faoliyatida sifatni oşirmoqçi!
  • MTMlar va maktablar sonini oşirib, guruh va sinflardagi bolalar sonini optimallaştiradi!
  • “Adolat” SDP dorilar narxi balandligi va har xilligini oqlamaydi! Sifatsiz va qalbaki dorilarni aptekalar peştoqlaridan yöqotmoqçi!
  • “Adolat” SDP – blogerlarni deputatlikka nomzodlikka körsatgan partiya! Bu orqali jamoatçilik fikriga quloq tutadi!
  • “Adolat” SDP propiska tizimini qayta körib çiqiş va yengillaştiriş harakatida! Doimiy yaşaş joyini özi belgilaş huquqini töliq ta'minlaş harakatiga tuşgan!
  • “Adolat” SDP “Mehnat migratsiyasi töğrisida”gi Qonun qabul qilmoqçi! Bu orqali mehnat muhojirlari va ularning oila a'zolari huquqini himoya qilmoqçi!
  • “Adolat” SDP şifokorlarning daxlsizligini ta'minlab, turli tajovuzlardan himoya qilmoqçi! Xalq işonçini oqlaşda şifokorlar bilan yelkama yelka turibdi!
  • “Adolat” SDP “aqlli tibbiyot”ni joriy etib, poliklinika va şifoxonalardagi turnaqator navbatlarga barham bermoqçi! Bemorlarning sarsongarçiliklariga nuqta qöymoqçi!