Rossiya va Ukraina gaz tranziti bo‘yicha kelishuvga erishdi
Rossiya va Ukraina Yevropa Ittifoqiga 2020 yil 1 yanvardan gaz tranziti bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Yevrokomissiya vitse-prezidenti Marosh Shefchovich Berlinda o‘tgan uchrashuv natijalariga ko‘ra xabar berdi.
“Biz umuman olganda kelishuvga erishdik”, deb aytgan Shefchovich va buni “Yevropa, Rossiya va Ukraina uchun yaxshi yangilik” ekanini ta'kidlab o‘tgan.
O‘z navbatida, Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak tomonlar bo‘lg‘usi kelishuvga bayonnoma loyihasi tayyorlanganini, biroq u bo‘yicha muvofiqlashuv lozimligini ma'lum qilgan.
Rossiya va Ukraina o‘rtasida Berlinda o‘tgan gaz bo‘yicha muzokaralar 8 soatga yaqin davom etgan. Unda Rossiyadan “Gazprom” boshqaruv raisi Aleksey Miller va Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak, Ukrainadan energetika va atrof-muhit vaziri Aleksey Orjyel, “Naftogaz” ijrochi direktori Yuriy Vitrenko va “Ukraina GTT operatori” kompaniyasi rahbari Sergey Makogon ishtirok etgan.
Mavzuga oid
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
21:24 / 13.11.2024
Kuraxovodagi ukrain garnizoni qurshovga tushishi mumkin. Frontdagi eng murakkab yo‘nalishlardan birida nimalar bo‘lmoqda?
18:53 / 13.11.2024
Boris Jonson Ukrainaga britan harbiylari yuborilishi shartini aytdi
14:54 / 13.11.2024