4-alohida motooʻqchi brigadasi qoʻmondoni, «Grozniy» chaqiruv belgisiga ega general-mayor Anton Grunis Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousovdan Rossiya Qahramoni yulduzini qabul qilib olganidan atigi ikki hafta oʻtgach, front chizigʻi yaqinida halok boʻldi. Grunis kamida ikki marta shaxsan prezident Vladimir Putinga front chizigʻidagi vaziyat haqida hisobot bergan, prezident esa uni omma oldida maqtagandi.

Front chizigʻi yaqinida shanbadan yakshanbaga oʻtar kechasi (12-13 sentabr oraligʻi) rossiyalik yuqori martabali ofitser halok boʻlganiga rossiyalik z-bloger Anastasiya Kashevarova ishora qilgandi. «Bugun tunda front oʻz Qahramonlaridan biridan ayrildi. Rasmiy maʼlumot boʻlmaganicha – xabar bermayman», – deya yozgandi u 13-sentabr tongida oʻz telegram-kanalida.

Keyingi kuni Qozondagi Suvorov harbiy bilim yurti (Grunis aynan shu yerni tamomlagan) bitiruvchilariga bagʻishlangan «Suvorovskoye bratstvo» telegram-kanalida general vafoti haqida nekrolog eʼlon qilindi. Postda uning ismi aytilmagan.

15-sentabr kuni Grunisning oʻlimi haqida (uning nomini keltirgan holda) Rossiya hukumati taʼsiridagi va harbiy mavzuga ixtisoslashgan Anna News agentligi 4-motooʻqchilar brigadasidagi anonim manbaga asoslangan holda xabar tarqatdi.

Grunis halok boʻlganini tasdiqlovchi yagona rasmiy maʼlumot RF mudofaa vazirligi qurolli kuchlar bosh harbiy-siyosiy boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, «Axmat» boʻlinmasi qoʻmondoni general-leytenant Apti Alaudinovning telegramdagi posti boʻlib qolmoqda. «Ming afsuski, general-mayor Anton Grunis „Grozniy“ narigi dunyoga ketdi», – deb yozdi Alaudinov 16-sentabr kuni.

U tafsilotlarni keltirmagan, faqat «oʻz muqaddas burchini oxirigacha ado etib, qahramonlarcha halok boʻlgani»ni bildirgan.

BBC rus xizmati aniqlashicha, general Grunisning STIR (soliq toʻlovchining identifikatsion raqami) raqami hozircha haqiqiy boʻlmaganlarning onlayn bazasiga kiritilmagan (odam vafot etganidan koʻp oʻtmay uning STIR raqami shunday bazaga kiritiladi). Grunis, uning tugʻishgan akasi, shuningdek, yaqin qarindoshlarining telefonlari oʻchirilgan yoki javob bermagan.

Kashevarova oʻz postida ushbu harbiy zarba oqibatida halok boʻlgani, uning joylashuvi haqida esa Ukraina qurolli kuchlari «oʻzinikilar» sizdirgan maʼlumot orqali bilib olganini taxmin qilgandi.

Ukraina Pilotsiz tizimlar kuchlari qoʻmondoni Robert Brovdi («Madyar») esa Grunis 2026-yil 12-sentabr kuni Donetsk oblastida ukrain droni zarbasi oqibatida halok boʻlganini maʼlum