22 dekabr kuni saylovçilar özlari munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berişadi. Şu qisqa fursatlardan foydalanib, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat va tuman-şahar Kengaşlariga nomzodini qöygan vakillar saylovçilar bilan uçraşuvlar taşkil etmoqda. Bu siyosiy jarayonda Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengaşi, tuman va şahar Kengaşlariga körsatilgan nomzodlar ham faol iştirok etişyapti.

26-Toşrabot saylov okrugidan xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengaşi deputatligiga ilgari surilgan nomzod – viloyat hokimi Qobul Tursunov ham saylovçilari bilan uçraşmoqda.

“Yangi Özbekiston – yangi saylovlar” şiori ostida ötkazilayotgan bu yilgi saylovlarning öziga xosligi şundan iboratki, bu yil har bir nomzod kutilgan darajadagi ovoz oliş uçun bevosita xalqning oldiga çiqib, öz saylovoldi dasturi bilan taniştirmoqda.

Şuni alohida ta'kidlaş kerakki, Qizil tepa tumanidagi 13-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabida “Bobodöği”, “Oq rabot”, “Qalai azizon”, “Saroy” va “Özilişkent” mahalla fuqarolar yiğinlar aholisi iştirokida ötkazilgan uçraşuv oçiq va oşkora muloqot tarzda keçdi.

Dastlab iştirokçilar nomzodning tarjimai holi bilan taniştirildi.

Şundan söng Qobul Tursunov öz dasturida aholi turmuş farovonligini oşiriş, uzluksiz tarbiya tizimini yaratiş va yuksak ma'naviyatli, vatanparvar avlodni tarbiyalaş, mamlakat iqtisodiyotida yetakçi bölgan maşinasozlik, elektrotexnika va tekstil mahsulotlarini işlab çiqariş sohalarini rivojlantirişga e'tibor qaratiş, iqtisodiyot tarmoqlaridagi texnologik qoloqlikni kamaytiriş maqsadida ilm-fan va işlab çiqariş örtasidagi uyğunlik va hamkorlikni ta'minlaş masalalari ustuvor vazifa sifatida belgilab olganligini ta'kidladi.