Şarq va Ğarb örtasidagi aloqalarni boğlovçi Yevropa ijodiy gildiyasi (SRM Group) tomonidan Londonda 2009 yildan buyon har çorakda “OCA magazine” - jurnali naşr etiladi. Jurnal har ikki mintaqa  madaniyati, siyosati, hududlardagi yangiliklarni yoritib boradi. Ular örtasida ham işbilarmonlik hamkorligi, ham sayyohlik va madaniy aloqalarni rivojlantiriş uçun munozaralar va ğoyalar almaşinuvlarini taşkil etadi.

Naşr uşbu mintaqa hamda Yevropada istiqomat qiladigan Markaziy Osiyo vakillari bilan qiziquvçilar uçun möljallangan. Jurnal xalqaro va Yevropa işbilarmon doiralari vakillaridan iborat keng kölamli auditoriyani qamrab olgan bölib, dunyodagi maşhur siyosatşunoslar va madaniyat  arboblari bilan  qator intervyular turkumini berib boradi.

Hozirgi kunda jurnalning bosma naşri dunyoning 10dan ziyod mamlakatlariga tarqatiladi. Ular orasida mingdan ortiği biznes-kompaniyalar va 2 mingdan  ortiği xalqaro obunaçilardir. Jurnalni jami 50 ming nafardan ortiq öquvçi öqiydi (şu jumladan onlayn rejimida). Şu bilan birga universitetlar, elçixonalar, aviakompaniyalar va Markaziy Osiyo mamlakatlari, Buyuk Britaniya va AQŞ bilan boğliq boşqa taşkilotlarda ham jurnalni topib öqiş  mumkin. 

Naşrning sönggi sonida “Pushing through Uzbekistan’s new reforms. Interview: Aktam Khaitov” (Özbekistonda yangi islohotlarni  amalga  oşirib. Intervyu: Aktam Xaitov) nomli  maqola  çop etildi. Intervyuda jurnal muxbirining özini qiziqtirgan keng kölamli savollarga javoblari keltirilgan. Xususan, mamlakatimizda köppartiyaviylik tizimining rivojlanişi, bugungi kunda Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi mafkurasi, demokratik islohotlar jarayoni va bu jarayonlarda partiyaning roli, partiyaning jamiyat hayotining turli sohalaridagi ustuvor vazifalari, taşqi siyosiy faoliyatda  partiya pozitsiyasi va boşqa şu kabi masalalar öz aksini topgan.