Farğona tumanida yaşovçi fuqaro Ğ.H. muqaddam uç marotaba öğrilik jinoyatini sodir etganligi uçun sudlangan. Oxirgi marta ozodlikdan mahrum etilganidan söng unga yana bir bor imkoniyat berilib, ötalmay qolgan jazo muddati axloq tuzatiş işlari jazosiga almaştirildi.
Postda.uz’ning yozişiça, bundan töğri xulosa çiqarmagan Ğ.H. ozodlikka çiqqanidan söng yana «eski hunari»ni boşladi. Spirtli içimlik iste'mol qilgaç, oldindan közlab yurgan amakisining uyiga öğrilikka kirişga qaror qildi. Şundan söng odamlarga özini biror yumuş bilan yurgandek körsatib, Konçilar mahallasidagi amakisinikiga bordi. Uyning darvozasi oçiq edi. U yoq-bu yoqqa yurib, atrofni kuzatdi. Keyin amakisining ismini aytib çaqirgança hovliga kirib bordi. Biror kişi körinmagaç, uy içiga kirdi. Dastlab yotoqxonadagi şkaf içidan 158 000 söm pul, tokçadan bir dona «Samsung» rusumli uyali telefon apparati va boşqa maişiy buyumlarni oldi. Şu payt köça tomondan xonadon egalarining ovozi eşitildi. Derazadan sakrab qoçişni möljalladi-yu, fikridan qaytdi. Javon ortiga yaşirinib, qoçiş uçun qulay fursatni kuta boşladi.
Oradan ança vaqt ötdi. Xonadonga içki işlar organlari xodimlari kirib kelişdi. Çunki Ğ.H. uyga kirayotgan paytda oyoq kiyimini dahlizga yeçib qöygan edi. Begona oyoq kiyimini körgan uy egalari buni allaqaçon payqagan, özlarini sezmagandek körsatib, içki işlar organlariga xabar bergandi.
Qilmiş – qidirmiş deganlaridek, Ğ.H. ham qilgan işidan puşaymon bölib, ömargan narsalarini egasiga qaytardi. Jinoyat işlari böyiça tuman sudining hukmi bilan unga ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlandi.












