Farğonalik T.M. Marğilon şahrida istiqomat qiluvçi fuqaroga tegişli bölgan «Damas» rusumli avtomaşinani Farğona tumani Mingdonobod qişloği hududida boşqarib borayotib, çarçagani bois közi uyquga ketib qoladi. 

Postda.uz’ning yozişiça, natijada avtomaşina qarama-qarşi yönalişga çiqib ketadi va uşbu yönalişda harakatlanib kelayotgan fuqaro E.G. boşqaruvidagi «Damas» maşinasi bilan töqnaşuv sodir böladi.

Ikkinçi «Damas» haydovçisi E.G. hodisa joyida vafot etdi. Ikkala avtomaşinada yölovçi sifatida ketayotgan fuqarolar turli darajada tan jarohatlari olib, davolaniş uçun şifoxonaga yotqizildi.

Yuqorida ta'kidlanganidek, haydovçining çarçagani noxuş hodisaga sabab bölgan. U öz vaqtida avtomaşinani öngga olib töxtatib, biroz muddat hordiq çiqarganida, balki, bu voqea sodir bölmasdi. Şu bois barça haydovçilardan harakatlaniş vaqtida ayni şu jihatga e'tibor qaratişlarini sörab qolingan.