2019 yilning 17-18 dekabr kunlari Özbekiston Respublikasi prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Ergaşev Afğonistonning Hayraton va Mozori-Şarif şaharlariga taşrif buyurdi.
Safar doirasida Balx viloyati gubernatori Işoq Rahguzar, Hayraton şahri hokimi Abdul Rauf Amiri, Balx viloyati bojxona ma'muriyati va «Hayraton» nazorat-ötkaziş punkti çegara xizmati rahbariyati bilan uçraşuvlar taşkil etildi.
Muzokaralar doirasida Balx viloyati (Afğoniston) va Surxondaryo viloyati örtasidagi qöşma Işçi komissiyasining birinçi majlisi çoğida noyabr oyi boşida erişilgan kelişuvlarning borişi muhokama qilindi.
Afğonistonning yirik kompaniyalari rahbarlari iştirokida Balx Savdo-sanoat palatasi raisi Oraş Yunusi bilan alohida uçraşuv bölib ötdi.
Balx viloyati ma'muriyati va şimoliy viloyatlar işbilarmon doiralari bilan uçraşuvlar davomida afğon muammosini tinç yöl bilan hal etiş böyiça xalqaro sa'y-harakatlardagi faol iştiroki, Afğonistonning iqtisodiy tiklanişi, şuningdek, afğon milliy kadrlarini tayyorlaşda kömaklaşiş masalalariga e'tibor uçun Özbekiston rahbariyatiga minnatdorçilik izhor etildi.
Tomonlar ikki mamlakat örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş, çegaraoldi savdosini rivojlantiriş, şuningdek, mavjud tösiqlarni aniqlaş va bartaraf etiş masalalarini muhokama qildilar.
Balx SSP rahbariyati va Afğoniston kompaniyalari vakillari bilan uçraşuvda Özbekistondan import qilinadigan mahsulotlar turlarini kengaytiriş yöllari va Özbekistonda amalga oşirilayotgan loyihalarga investitsiya jalb qiliş istiqbollari körib çiqildi, deyiladi TIV xabarida.












