Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantiriş departamenti huzurida Atamalar komissiyasi faoliyati taşkil qilinadi.

Hukumat qarori loyihasiga köra, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantiriş departamenti huzurida jamoatçilik asosida faoliyat yurituvçi Atamalar komissiyasi taşkil etiladi.

Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

ilmiy asoslangan yangi söz va atamalarni rasmiy iste'molga kiritiş;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalaridagi tuşunçalar va atamalarning turliça izohlaş ehtimolini istisno etadigan tarzda qonun hujjatlarida qabul qilingan ma'nosiga muvofiq yagona şaklda va töğri qöllanişi böyiça tavsiyalar işlab çiqiş;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida adabiy til qoidalari va normalariga hamda yuridik, texnik va boşqa maxsus qoidalarga rioya etilişini ta'minlaş;

boşqa tillarning qoidalari tufayli kelib çiqişi mumkin bölgan nomuvofiqliklarni normativ-huquqiy hujjatlar normalariga muvofiq tahrir qiliş;

özbek tiliga kirib kelayotgan yangi atamalarni qonunçilikka joriy etiş va amalda qöllaşning huquqiy muammolarini örganiş, uşbu sohadagi munosabatlarni huquqiy tartibga solişning rivojlaniş yönalişlarini aniqlaş;

vazirliklar, davlat qömitalari va idoralarga atamaşunoslik masalalari böyiça maslahatlar beriş.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantiriş departamenti huzuridagi Atamalar komissiyasi a'zolarining röyxati:

Şuhrat Tursunoviç Rizayev - “Özbekkino” Milliy agentligi boş direktorining birinçi örinbosari, filologiya fanlari nomzodi, komissiya raisi

Minhojiddin Mirzajonoviç Hojimatov - Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari, komissiya raisi örinbosari

Şuhrat Samardinoviç Sirojiddinov - Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, professor, komissiya raisi örinbosari

Murtazo Mamatquloviç Qarşiboyev - Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi şö'ba mudiri