Bugun, 21 dekabr kuni, Toşkent viloyati, Böstonliq tumanidagi “Çimyon” dam oliş maskani negizida “Amirsoy” toğ-çanği kurorti oçiliş marosimi bölib ötdi. Unda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi vakillari, Qozoğiston Respublikasi madaniyat va sport vaziri Aktota Raimqulova, boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov, “PGI Management” kompaniyasi rahbari Tomas Tor-Yyensen hamda OAV xodimlari iştirok etdilar. Marosimni Aziz Abduhakimov oçib berdi.


“Amirsoy” toğ-çanği kurorti ikki yil oldin Prezident taşabbusi bilan boşlangan loyiha edi. Uning 2 ta bosqiçining birinçisi öz nihoyasiga yetkazildi. Bunga 80 mln yevrodan ortiq investitsiya kiritildi. Hukumat tomonidan yöl, elektr quvvati infratuzilmasi ham yaratib berildi. Uşbu kurort 800 gektardan ortiq maydonni egallagan bölib, 580 öringa möljallangan.
Mavzuga oid: Fotojamlanma: “Amirsoy” toğ-çanği kurorti mehmonlarga xizmat körsatişni boşladi
Kurortning bir neçta muhim jihatlarini sanab ötmoqçiman. Birinçisi, ijtimoiy ahamiyati: mehmonlarga xizmat körsatuvçi şaxobçalar oçilişi evaziga mahalliy aholi uçun köplab yangi iş örinlari yaratiladi. Ikkinçisi, iqtisodiy ahamiyati: transport va boşqa turdagi xizmatlardan keladigan daromad iqtisodiyotga foyda olib keladi. Uçinçisi, turizm salohiyati: ilgarilari Özbekistonga asosan, bahor va yozda sayyohlar kelardi. Endilikda kurort oçilişi munosabati bilan qişda ham sayyohlarni kutib oliş imkoniyatimiz bor. Şu tariqa Özbekistonda yil böyi turistik oqim töxtamaydi, deb umid qilamiz”, - deya uning sözlarini keltirmoqda kun.uz muxbiri.

“Amirsoy” toğ-çanği kurortini işga tuşiriş uçun Italiya, Germaniya, Avstriya, Argentina, Ispaniya va Daniya kabi davlatlardan yetakçi loyihaçi kompaniyalar jalb etilgan bölib, xavfsizlik masalalariga alohida ahamiyat berilgan.
Eslatib ötamiz, 22 dekabr kuni olib boriladigan profilaktik va hududni tozalaş işlari tufayli “Amirsoy” toğ-çanği kurorti öz faoliyatini töxtatib turadi va mehmonlarning hududga kirişi taqiqlanadi. 23 dekabrdan kurort faoliyatini davom ettiradi.

















