La Liga 18-turi doirasida «Barselona» öz maydonida «Alaves» klubini qabul qilib, yirik hisobda ğalaba qozondi.

 Gollarga boy bölgan uçraşuvning 14-daqiqasida Grizmann hisobni oçgan bölsa, tanaffus oldidan Vidalning kiritgan goli jamoalarni bölimni ikkita gol farqi bilan yakunlaşiga sabab böldi.

 Ikkinçi bölimning 56-daqiqasida Pere Pons hisobni qisqartirgan bölsa-da, köp ötmay katta sahnaga Messi çiqib, ajoyib goli bilan hisobni 3:1ga yetkazdi. Bu gol bilan Messining gollari 13taga yetib, u La Liga töpurariga aylandi.

 75-daqiqada esa VAR tizimi orqali penalti aniqlanib, belgilandi. Töpga yaqinlaşgan Suares zarbada adaşmadi – 4:1.

 Uşbu ğalabadan keyin «Barsa»ning oçkolari soni 39taga yetib, ular turnir jadvalida peşqadamlik qilişmoqda. 2-örindagi «Real» öz öyinini yakşanba oqşomida ötkazadi.

 La Liga. 18-tur. 21 dekabr (şanba)

 Barselona – Alaves 4:1

 Gollar: 1:0 – 14 Grizmann, 2:0 – 45 Vidal, 2:1 – 56 Pere Pons, 3:1 – 69 Messi, 4:1 – 75, penalti Suares.

 Barselona – ter Stegen, Pike, Umtiti, Serdji Roberto (Semedu, 85), Alba, Alenya, Buskets (de Yong, 79), Vidal, Messi, Suares (Karles Peres, 85), Grizmann.

 Alaves – Paçeko, Duarte, Eli, Agirregabiria, Ximo Navarro, Manu Garsiya, Aleiş Vidal (Berk, 86), Xavi Munos (Rioxa, 53), Vakaso (Xoselu, 70), Pere Pons, Lukas Peres.

 Ogohlantirişlar: Aleiş Vidal (66), Umtiti (67), Vakaso (67), Agirregabiria (74), Eli (84), Alba (88).