15:33 / 22.12.2019
0
8889

Urganchda saylov jarayonlari (fotoreportaj)

Xorazm viloyati markazi Urganch shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga saylov jarayonlari davom etmoqda.

Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov Urganch shahridagi 28-saylov uchastkasida bo‘lib, ovoz berish jarayonini ochib berdi. 

Shuningdek, viloyatning sektorlar rahbarlari, hokimlik xodimlari ham saylovda o‘z ovozlarini berishdi.

Bu yilgi saylovlar yangi Saylov kodeksi asosan, «Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar» shiori ostida o‘tmoqda. Unda 5ta partiya - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi, O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi ishtirok etyapti. 

Ma'lumot uchun, Xorazm viloyatida 499ta saylov uchastkasi ochilgan va 1,07 mln saylovchi ro‘yxatga olingan. Ularning 397 ming nafari yoshlar bo‘lib, shulardan 50 ming nafari ilk marta saylovda ishtirok etishadi.

Saylovchilar saylov uchastkalariga shaxsini tasdiqlovchi hujjat – pasport bilan borib, saylov byulletenini olib, yashirin ovoz berish kabinasida uni to‘ldirib, saylov qutisiga tashlamoqdalar. 

Sinov tariqasida saylov uchastkalaridan birida biometrik pasport asosida shaxsni identifikatsiya qiluvchi qurilma o‘rnatilgan. Unda veb-kamera orqali pasport egasining shaxsi identifikatsiya qilinadi, so‘ngra saylov byulleteni beriladi. Bu saylovda boshqa shaxs ishtirok etishining oldini oladi. Agar bu tajriba ijobiy natija bersa, kelgusi saylovlarda barcha saylov uchastkalarida ana shunday qurilmalar o‘rnatiladi.

Eslatib o‘tamiz, saylovda ovoz berish jarayoni 22 dekabr soat 20:00gacha davom etadi. Kun.uz jarayonni kuzatib boradi.

Kun.uz muxbiri Nurmuhammad Said

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top