21 dekabrda 42 yoşini qarşilagan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Fransiyada pensiya islohotiga qarşi ötayotgan noroziliklar ortida prezident sifatida unga belgilangan bölğusi pensiyasidan voz keçdi. Bu haqda Fransiya ommaviy axborot vositalari xabar berdi.  

“U öz vakolati yakunlangandan keyin qonunda belgilangan pensiyani olmaydi, çunki bu sohadagi qonun standartlaştirilişi kerak. Biz saylangan şaxslar örnak böladigan davrda yaşamoqdamiz”, deb aytilgan prezident devonxonasida.

1955 yilgi qonunga köra, sobiq prezidentlar oyiga 6220 yevro miqdorida umrbod dotatsiya oladilar.

Makron, şuningdek, kelajakda Fransiya konstitutsiyaviy kengaşiga a'zo bölmaslikka qaror qildi. Mamlakatning sobiq prezidentlari uşbu kengaşning umrbod a'zolari hisoblanişadi va oyiga 13,5 ming yevrodan haq olişadi.  

Fransiyada pensiya islohotlari loyihasiga qarşi namoyişlar dekabr boşidan beri davom etmoqda. Ular hukumat ba'zi yon bosişlarga borganidan keyin ham töxtamagan. Jumladan, pensiyaga çiqiş yoşini 62 yoşdan 64 yoşga 2027 yildagina oşirişga qaror qilingan.