Özbekiston 2019 yilning yanvar-noyabr oylarida 2018 yilning şu davriga nisbatan oltin eksportini 2,8 baravarga oşirdi. Bundan Davlat statistika qömitasi ma'lumotlari darak bermoqda.

2019 yil yanvar-noyabr oylarida Özbekiston 4,4 milliard dollarlik oltin eksport qildi.

Şu bilan birga, eksport tarkibida oltinning uluşi 27,3 foizni taşkil etdi.

Ta'kidlab ötiş joizki, sönggi yillarda Özbekiston oltin eksportini oşirdi. Oltin eksporti 2015 yilda 823,9 million dollardan, 2016 yilda 738,2 million dollardan, 2017 yilda 1,6 milliard dollardan va 2018 yilda 2,91 milliard dollardan ortiqroqni taşkil etdi.