Qozoğiston, Belarus va Qirğiziston vakillari texnik murakkab mahsulotlar - mobil qurilmalar, kompyuter va smart-televizorlarga Rossiya dasturiy ta'minoti örnatiş majburiyatini yuklaydigan yangi qonunga qarşi çiqdi. Bu haqda "Vedomosti" xabar berdi.

Rossiyaning YeOII böyiça hamkorlarining fikriça, mazkur qonun ittifoq töğrisidagi şartnoma, JSTning savdo xizmatlari böyiça boş kelişuvi va Bojxona ittifoqining texnik reglamentiga zid va Rossiyada YeOIIning boşqa davlatlaridan keladigan texnik murakkab mahsulotlar aylanmasini çeklaydi. 

Qayd etilişiça, bundan taşqari, yangi tuzatişlar ittifoq içki bozorining faoliyatiga tösqinlik qilişi mumkin.

Rossiya aloqa vazirligi vakili Yevgeniy Novikov "dasturiy ta'minot örnatiş töğrisidagi qonun YeOII töğrisidagi şartnomaga zid kelmasligini" bildirdi. 

Avvalroq maişiy texnika va kompyuterlar sotuvçilari va işlab çiqaruvçilari assotsiatsiyasi uşbu hujjat YeOII töğrisidagi şartnoma moddalarini buzişiga e'tibor qaratgandi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2 dekabr kuni Rossiya dasturiy ta'minotini örnatiş töğrisidagi tuzatişlarni imzolagan bölib, ular 2020 yil 1 iyuldan kuçga kiradi. Unga köra, Rossiya hududida sotiladigan texnik murakkab hisoblanuvçi mahsulotlarga avvaldan Rossiyada işlab çiqarilgan dasturiy ta'minot örnatilişi şart böladi.