«Avvalo, musofirçilikda bölgan odamning özi vaziyatni yaxşi tuşunadi-da. Parlamentda bölim yoki qömita taşkil etilib, uning a'zolari çet elda yurgan yurtdoşlarimiz orasidan saylansa, Rossiyadagi vatandoşlarimizning ham Oliy Majlis deputatligiga nomzodi qöyilsa yaxşi bölar edi».

22 dekabr kuni Özbekistonning Moskvadagi elçixonasiga kelib, saylovda ovoz bergan vatandoşlardan biri Kun.uz muxbiri bilan suhbatda yuqoridagi taklifni ilgari surdi.

«Yangi deputatlardan nimalar kutyapsiz?» degan savolga javob bergan boşqa bir saylovçi deputatlar yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun jarimalar miqdorini kamaytirişi kerak, deb hisoblaşini aytdi.

«Men Rossiyada taksiçilik qilaman. Bu yerda tezlik uçun jarima – 250 rubl atrofida. Özbekistonda esa 300 ming söm. Bir million söm oylik oladigan odam uçun 300 ming söm – katta pul», – deydi özbekistonlik mehnat muhojiri.

Muxbirimiz suhbatda bölgan saylovçilar, şuningdek, söz erkinligini ta'minlaş, iqtisodiyotni liberallaştiriş va işçi örinlarini köpaytiriş, ta'lim sifati va ekologik holat kabi masalalarni ham tilga olib ötişdi.

Albatta, gaz, elektr energiyasi va içimlik suvi bilan boğliq muammolar ham saylovçilar e'tiboridan çetda qolgani yöq.

Eslatib ötamiz, Kun.uz saylov oldidan ham Moskvada ijtimoiy sörov ötkazib, özbekistonlik migrantlarning saylovga munosabatini örgangan edi.

Mavzuga oid videoyangiliklar: