Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovçi buyumlar va materiallar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş dasturini şakllantiriş, amalga oşiriş va hisobot tizimini yuritiş hamda uşbu jarayonda davlat boşqaruvi organlari va loyihalar taşabbuskorlarining özaro hamkorlik qiliş tartibi töğrisida nizom tasdiqlandi.
Norma’ning yozişiça, hujjat Prezidentning “Davlat va xöjalik boşqaruvi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining işlab çiqarişni mahalliylaştiriş va sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini jadallaştirişning yangi tizimini joriy etiş böyiça mas'uliyatini yanada oşiriş töğrisida” 2019 yil 24 avgustdagi PQ-4426-son qaroriga muvofiq qabul qilindi.
Nizomda belgilanişiça, import örnini bosuvçi tayyor mahsulotlar, butlovçi buyumlar, ehtiyot qismlar, xomaşyo va materiallarni işlab çiqariş (işlarni bajariş, xizmatlar körsatiş) bilan boğliq jarayon mahalliylaştiriş hisoblanadi. Mahalliylaştiriş böyiça çora-tadbirlar dasturi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, DSQ, DBQ, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi, Davstatqöm, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, “Özstandart” agentligi, SSP, şuningdek:
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va eksportga yönaltirilgan işlab çiqariş tadqiqotlari markazi;
Qoraqalpoğiston Jöqorği Kengesi raisining, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlarining işlab çiqarişni mahalliylaştiriş va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytiriş masalalari böyiça yordamçisi va işçi guruh;
loyiha taşabbuskorlari (import örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqaruvçi xöjalik yurituvçi sub'yektlar) mahalliylaştiriş jarayoni iştirokçilari hisoblanadi.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi işlab çiqarişni mahalliylaştiriş va sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş jarayonlarini çuqurlaştiriş böyiça vakolatli organ etib belgilandi.
Nizomda mahalliylaştiriş jarayoni iştirokçilarining vazifalari, ular tomonidan mahalliylaştiriş dasturini şakllantiriş, amalga oşiriş böyiça amalga oşiriladigan funksiyalar, şuningdek ularni amalga oşiriş muddatlari belgilangan. Bu mahalliylaştiriş dasturini şakllantiriş va uni amalga oşiriş jarayoni iştirokçilarining özaro hamkorligi sxemasida aks etgan.












