Özbekistonda 22 dekabr kuni vakillik organlariga bölib ötgan saylov jarayonlari xususida xalqaro kuzatuvçilar öz xulosalarini bayon etmoqda.
23 dekabr kuni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari, YeXHTning Özbekistondagi saylovlarni kuzatiş uçun kelgan missiyasi a'zolari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi. Anjumanda missiya a'zolari bevosita saylov va saylovdan keyingi ovoz hisoblaş jarayonlari böyiça özlarining dastlabki xulosalarini bayon etişdi.
“Qonunçilik bazasi yaxşilangan, lekin bu amalda hammasi ijobiylaşdi degani emas”
YeXHT maxsus koordinatori Georgiy Tsereteli saylov qonunçiligining yaxşilangani, lekin bu amalda hali töla namoyon bölmayotganini qayd etdi.
“Saylov yangilangan qonunçilik asosida ötkazildi. Saylovçilarning yagona reyestri şakllantirilgani va nogironlarning ovoz berişi uçun şaroit yaratilganini alohida qayd etiş lozim. Saylov uçastkalaridagi xodimlar öqitilgan. Lekin malaka yetarli darajada emas.
Saylov kodeksini tuzişda YeXHT tomonidan berilgan tavsiyalar ham inobatga olingan. Qonunçilik bazasi yaxşilanganini e'tirof etamiz, lekin bu amaldagi jarayonlarning ham töla ijobiylaşganini anglatmaydi. Hukumat şaffoflikka intilayotgan bölsa ham, çeklovlar haligaça mavjud”, ─ deb ta'kidladi u.

YeXHT vakili saylov jarayonida va undan keyingi ovoz sanaş davomida kuzatilgan kamçiliklarni sanab ötdi hamda uşbu jarayon noqonuniyliklardan xoli bölmaganini qayd etdi.
“Bevosita jarayonda bir qator kamçiliklarni kuzatdik. Bir nafar fuqaro kelib, barça oila a'zolarining nomidan ovoz berib ketişi holatlari bor. Bu eskidan qolgan odat.
Hisob-kitob jarayonining öz qoidalari mavjud. Ammo bu qoidalarga hurmat bilan munosabatda bölinmadi. Kamçiliklar haqida kuzatuvçilarimiz kerakli körsatmalarni berişgan. Lekin salbiy xulosa öz örnida qolmoqda. Men özim önta uçastkada bölib kuzatdim. Şuning özi ham umumiy manzara haqida tasavvur hosil qiliş uçun yetarli böldi. Bir-ikkita joyda bölgan xatolar boşqa uçastkalarda ham takrorlangani tabiiy”, ─ deya öz xulosalarini bildirdi u.














