12 ta maşinadan iborat karvon yurtimizning barça 12 ta hududidagi körişda nuqsoni bölgan bolalar maktab-internatlariga sovğalarni yetkazadi.
«Endi har bir internat zamonaviy sport anjomlari, turli musiqa asboblari va Brayl alifbosida çop etilgan köplab bosma hamda audio kitoblarga ega böladi.


Umid qilamizki, Agentlikning uşbu aksiyasi sizning qalbingizga iliqlik olib kiradi, sizga Yangi yilning bayramona kayfiyatini tuhfa etadi va salomatligingizni mustahkamlaşga, közlagan maqsadlaringizni amalga oşiriş va hayotiy ğalabalarga erişişingizga yordam beradi», — dedi Agentlik direktori örinbosari, loyiha rahbari Saida Mirziyoyeva.
Mazkur aksiya doirasida Xorazm viloyatiga kelgan "Sovğalar karvoni” Xiva şahar 121-son közi ojiz bolalar uçun ixtisoslaştirilgan maktab-internatiga yetib keldi.
Maktab-internat öquvçilariga zamonaviy sport anjomlari, turli musiqa asboblari, elektron texnika vositalari, şirinliklar va Brayl alifbosida çop etilgan köplab bosma hamda audio kitoblar topşirildi.


Şuningdek, bugun Qaşqadaryo viloyat 18-sonli köriş böyiça imkoniyati çeklangan bolalar uçun ixtisoslaştirilgan davlat ta'lim muassasasida ham öquvçilarga sovğalarni topşiriş marosimi bölib ötdi.


Jizzax şahriga kiriş postida tantanali kutib olingan “Sovğalar karvoni” şahardagi Közi ojiz bolalar uçun ixtisoslaştirilgan maktab-internatiga yetib keldi.












