2019 yil 16 – 20 dekabr kunlari "ÖzRTXB" AJda ötkazilgan birja savdo natijalariga köra birja bozorining bir qator tovar segmentlarida narxlar dinamikasi turli yönalişlar böyiça şakllandi.
Körib çiqilayotgan davr mobaynida 4079,8 tonna AI-91 rusumli benzin birja savdolariga qöyildi va şundan 3404,6 tonnasi sotildi. Sönggi savdo haftasida AI-91 rusumli benzini böyiça şakllangan birja kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan 0,5 foizga pasayib, bir tonnasi uçun 6241,7 ming sömni taşkil etdi.
Ötgan haftada suyultirilgan gaz işlab çiqaruvçilari birja savdolari orqali 12,7 mlrd sömlik 4740,0 tonna suyultirilgan gaz sotişdi. Gazning birjada şakllangan narxi oldingi haftaga nisbatan 1,6% ga pasayib, bir tonna uçun 2688,0 ming sömni taşkil etdi.
Qimmatbaho metallar bozorida narxlar ösib bormoqda. Savdo yakunlariga köra ÖzRTXB da qariyb 3,8 mlrd sömlik 8 kilogrammdan ortiq Au-1 markali oltin sotilgan. Birja savdolarida sotuvçi sifatida “Olmaliq KMK” AJ iştirok etdi. Birja kotirovkasi sönggi savdo yakunlariga nisbatan 1 foizga köpayib, 1 gr oltin uçun 453,1 ming sömni taşkil qilgan.
Paxta tolasi bozorida yuqori darajadagi talab saqlanmoqda. Ötgan hafta 1 nav 4 tip (oliy 2019)dagi paxta tolasi böyiça narxlar 4,9 foizga ösib, bir tonna uçun 14,6 mln sömni taşkil etdi. Paxta tolasini boşqa navlarining narxlari örtaça 10,9 mln sömdan 14,5 mln sömgaça böldi.
1-navli buğdoy unining birja bozorida muvozanat holat qayd etilmoqda. Sönggi savdo haftasida 30,6 ming tonna 1-navli un birja savdolariga qöyildi va şundan qariyb 68 mln sömlik 29,3 ming tonnasi sotilgan. 1-navli un böyiça şakllangan birja kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan deyarli özgarmadi va bir tonnasi uçun 2217,2 ming sömni taşkil etdi.












