Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo viloyati Boşqarmasi xodimlari tomonidan viloyat içki işlar boşqarmasi bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbir natijasida köp miqdordagi «Tramadol» dori vositasining noqonuniy savdosiga çek qöyildi.
Jumladan, Qöqon şahrida yaşovçi fuqarolar P.R., P.X., M.D. va F.O. qöşni Qirğizistondan kontrabanda yöli bilan olib kirilgan 19 ming dona «Tramadol» tabletkasini Sirdaryo viloyatiga olib borib, Sayxunobod tumani Örikzor mahallasida xaridorga 8 ming AQŞ dollariga sotayotgan vaqtlarida uşlandi.
Bundan taşqari, DXX Andijon viloyati boşqarmasi va viloyat içki işlar boşqarmasi hamkorlikda ötkazgan tezkor tadbir davomida esa Andijon şahar Mangulik köçasida noqonuniy faoliyat körsatayotgan «dori bozori»da muqaddam psixotrop moddalar savdosi bilan ayblanib, sudlangan fuqarolar M.O. va A.N.dan 15 turdagi jami 578 dona narkotik va psixofaol dori vositalar aşyoviy dalil sifatida olindi.
Şuningdek, «Farğona - Andijon» yönalişi böyiça harakatlanib kelayotgan, Q.S. boşqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomaşina Andijon şahrida töxtalib tekşirilganda, uning salon qismida 1680 dona «Lirika» psixofaol dori vositasi borligi aniqlanib, örnatilgan tartibda rasmiylaştirib olindi.
Q.S. Qöqon şahridan olib kelayotgan uşbu dori vositalarini Andijon şahrida yaşovçi S.S.ga yetkazişi kerak bölganligi bois, tezkor tadbir davom ettirildi va S.S. tovarni qabul qilib olayotgan vaqtida uşlandi.
Hozirda barça holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalariga asosan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












