Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko kiçik öğli Nikolay unga Rossiya prezidenti Vladimir Putinni örnak qilib körsatişi töğrisida gapirdi.

— U tez-tez: "Ana köryapsizmi, prezident qanday iş tutişi kerak" deydi, — dedi Lukaşenko "Exo Moskvi" radiostansiyasiga bergan intervyusida.

Uning sözlariga köra, 15 yoşli Nikolay Putin bilan "ikki yoşligidan beri" taniş. Hatto bir marta u hokkey öyinida otasining emas, Putinning jamoasida öynaşni xohlagan.

Lukaşenko öğlini oiladagi asosiy muxolifatçi deb atadi va Nikolay özini tengdoşlaridan yuqori tutmasligini aytdi.

— Farzandlarim judayam intizomli va ehtiyotkor, farzandlarim beboş emasligi mening baxtim. Bunga jiddiy e'tibor qarataman, — dedi Belarus prezidenti.