Jinoyat işlari böyiça Navoiy viloyat Xatirçi tumani sudi, qassoblik bilan şuğullanişini aytib qoramol boquvçilarni çuv tuşirgan 29 yoşli N.Ç.ga nisbatan hukm çiqardi.

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, N.Ç. 2019 yil iyun oyining boşida fuqaro J.Q.,ga özini qassob ekanligini aytib, uning ikki boş qoramolini 13.000.000 sömga hisoblab, pullarni 20 kun davomida tölab berişini va'da qilib, J.Q.ni aldab, ikki boş qora mollarni firibgarlik yöli bilan egallagan.

Bundan taşqari, N.Ç. jinoiy faoliyatini davom ettirib, takroran fuqaro B.Q.ning narxi 6.500.000 sömlik bir boş qora moli va 4.000.000 söm naqd puli, J.Q.ning 5.000.000 söm naqd pullari hamda fuqaro Q.R.ning narxi 2.800.000 sömlik bir boş qoramolini firibgarlik yöli bilan egallab, pullarni özining ehtiyojlariga işlatib yuborgan.

Dastlabki tergov jarayonida N.Ç. tomonidan jabrlanuvçilarga nisbatan yetkazilgan moddiy zarar töliq qoplangan va unga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 168-moddasi 3-qismi «b» bandi (firibgarlik) bilan ayblov e'lon qilinib, «qamoqqa oliş» tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan. Tergov yakuniga köra, jinoyat işi ayblov xulosasi bilan sud muhokamasiga yuborilgan.

Jinoyat işlari böyiça Xatirçi tuman sudi tomonidan N.Ç.ning oilaviy ahvoli, qilgan işidan puşaymondaligi, yetkazilgan moddiy zararni töliq qoplaganligini inobatga olib, sodir etgan jinoyati oğir jinoyatlar turkumiga kirsa-da, insonparvarlik prinsipi asosida unga nisbatan ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan eng kam oylik iş haqining 20 foizini davlat daromadiga uşlab qolgan holda 2 yil-u 3 oy muddatga axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan.