Shifokorlar bemorlarga dori-darmon buyurish, tekshiruvlarga yuborishni «biznes»ga aylantirib yuborgan - Nig‘matilla Yo‘ldoshev

Foto: KUN.UZ
Bosh prokuraturada sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida korrupsiya holatlari hamda ularni keltirib chiqarayotgan shart-sharoitlarni muhokama qilishga bag‘ishlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda respublika bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev ma'ruza qildi.
«Achchiq bo‘lsa ham yana bir haqiqatni aytib o‘tishimiz lozim. Shifokorlarimiz bemorlarga dori-darmon buyurishda, ixtisoslashgan tekshiruvlarga yuborishda xolis tavsiya berish o‘rniga, bu jarayonni tom ma'noda “biznes”ga aylantirib yuborganligi aholining haqli e'tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Misol uchun, “ferveks”, “elevit”, “vitrum”, “azimak”, “aktovegin”, “flunol” kabi dorilarni buyurish uchun tadbirkorlar shifokorlarga haq to‘layotganligi haqida ko‘plab tezkor ma'lumotlar kelib tushmoqda.
Eng xavflisi, dori sotish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlardan mijoz yuborganligi uchun “ulush” olayotgan ayrim shifokorlarimiz zarurati bo‘lmagan dori vositalarini ham buyurmoqda. Bu borada vazirlik yoki soha mutasaddilari tomonidan biron-bir profilaktik ishlar olib borilmayotgani ham bor haqiqat.
Davolash ishlaridan maqsad – yurtimizni xorijda ishlab chiqarilgan, bo‘lar-bo‘lmas dori vositalari o‘tkaziladigan bozorga aylantirish emas, balki tom ma'noda aholi salomatligini asrash bo‘lishi kerak. Buni soha mutasaddilari qachon tushunib yetadi?» - dedi bosh prokuror.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35
-
AQSh Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishga qarshi – OAV
Jahon | 20:19
-
Isroilning hujumlari – Erondagi hokimiyatning mavjudligiga tahdidmi?
Jahon | 19:45
-
«ChatGPTʼdan diniy savollarga javob olish joiz emas» – O‘zbekiston musulmonlari idorasi
O‘zbekiston | 19:23
Mavzuga oid

16:40 / 14.01.2025
Sport kurashlari assotsiatsiyasida Salim Abduvaliyevning o‘rniga yangi rahbar saylandi

19:01 / 11.11.2024
O‘zbekiston va Saudiya bosh prokurorlari tergov va axborot almashinuvida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzoladi

18:41 / 16.08.2024
Nig‘matilla Yo‘ldoshev Kurash federatsiyasi raisligiga qayta saylandi

18:42 / 19.07.2024