Londonlik stomatolog şifokor Kristofer Orr tişlar uçun qaysi içimliklar zararli ekanligini aytdi, deb yozadi The Sun.

Mutaxassisning sözlariga köra, tişlarga eng köp zararni gazlangan içimliklar yetkazadi. Ular tarkibida yuqori darajadagi kislotalilik va köp miqdorda şakar bölişi bois tiş emalini parçalaydi.

Şifokor gazlangan içimliklarni yarim soat oraliqda içiş kerakligini aytdi. Organizmning tabiiy himoyaçisi bölgan tupuk ajralib çiqişi uçun aynan şunça vaqt lozim böladi.

"Içimlikni bir neça soat davomida içaversangiz, organizmda tupuk ajralib çiqişi uçun imkoniyat qolmaydi", — dedi Orr.

U şuningdek, har qanday vino tişlar uçun zararli ekanini, ayniqsa oq vinoda kislota yuqori darajada ekanligini aytdi.

Şifokor tiş emalini saqlab qoliş uçun içimliklarni nayça orqali içiş va höplamlar orasida oğizni suv bilan çayişni tavsiya qildi.