Taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Ilhom Ne'matov Kun.uz'ga bergan intervyusida Özbekistonning Yevroosiyo ittifoqiga a'zo bölişi haqidagi savolga javob qaytardi. U Qirğiziston tomonidan Özbekistonga qaraşli Söx eksklaviga olib boradigan yölning oçilganidan ikki kun ötib yopib qöyilgani Özbekistonning YeOIIga a'zo bölişi uçun qilinayotgan navbatdagi bosim emasligini ta'kidladi.

«Ötgan safar ham aytganman, yana qaytarib aytaman. Yevroosiyo ittifoqiga kirişga bizni heç kim majburlay olmaydi. Çunki Özbekiston – nihoyatda salohiyatli, nafaqat mintaqada, balki butun dunyoda katta obröga ega bölgan davlat. Manfaatlarimizga javob bersagina kiramiz. Hozirgi kunda ekspertlar tomonidan bu masalaning ijobiy tomoni, salbiy tomoni örganilyapti. Örganiş natijasi taroziga qöyilgandan keyin, ijobiy tomoni tarozi pallasini bosib ketsa, biz [ittifoqqa] kiramiz, salbiy tomoni bosib ketsa, demak, uni öylab köramiz.

Lekin Özbekistonning iqtisodi tobora kengayib bormoqda, ösib bormoqda. Buning uçun nima kerak? Bozor kerak, maydon kerak. Asosiy maydon qayerda? Qozoğistonda va Rossiyada. Şundan kelib çiqqan holda iqtisodiy manfaatimizga javob berişini öylab bu taşkilot bilan yaqin hamkorlik qilişimiz kerak», deydi Ilhom Ne'matov.

Avvalroq Ilhom Ne'matov YeOII masalasida Özbekiston birinçi navbatda milliy manfaatlarga tayanişini ta'kidlagan, Özbekistondagi 4ta partiya YeOIIga a'zolikni yoqlaşini tasdiqlagan, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov Özbekiston YeOIIga qöşilgandan keyin patent tölovi bekor bölişini aytgan edi.

Özbekistonlik va xorijiy