Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 26 dekabr kuni Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti hamda Toşkent viloyati Zangiota tumanidagi harbiy qismga taşrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari, Qurolli Kuçlar Oliy Boş qömondoni tomonidan berilgan topşiriqqa muvofiq, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti hamda harbiy qism qayta taşkil etilib, yangi zamonaviy harbiy şaharçada joylaştirilgan edi.

Prezident bu yerdagi şaroitlar, öquv-tarbiya jarayoni, zamonaviy ta'lim vositalari, şuningdek,  axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qay darajada joriy etilgani bilan tanişdi.

Taşrif çoğida harbiy xizmatçilar, vazirlik va idoralar, Özbekiston Fanlar akademiyasi rahbariyati, texnika yönalişidagi yetakçi oliy ta'lim muassasalari rektorlari bilan suhbat bölib ötdi. Harbiy ta'limni rivojlantiriş, aloqa böyiça harbiy mutaxassislarni saralaş va tayyorlaşning keng kölamli tizimini yölga qöyiş borasida amalga oşirilişi lozim bölgan navbatdagi çoralar belgilab olindi.

Davlatimiz rahbariga harbiy qismda amalga oşirilgan quriliş işlari, mudofaa tizimida aloqa tarmoqlarini modernizatsiya qiliş, jangovar va öquv tayyorgarlik jarayonlarini avtomatlaştiriş böyiça loyihalar töğrisida ma'lumot berildi.

Şavkat Mirziyoyev harbiy qism ixtiyoridagi maxsus texnika va aloqa vositalarining namunalari bilan tanişdi.