Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlarini şakllantiriş va ulardan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizomga özgartiriş kiritiş haqida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjatga köra, hukumatning 2012 yil 4 apreldagi 98-son qarori bilan tasdiqlangan Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlarini şakllantiriş va ulardan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizomning 3-bandi ikkinçi xatboşidagi “5” raqami “2” raqami bilan almaştirildi.

Ya'ni, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantiriş jamğarmasiga tuşuvçi mablağlar summasidan Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantiriş jamğarmasiga ajratma miqdori 5 foizdan 2 foizgaça tuşirildi.

Şuningdek, quyidagilar jamğarma mablağlarini şakllantiriş manbalari hisoblanadi:

xalqaro moliyaviy institutlar va boşqa xorijiy donorlarning Milliy kutubxona tomonidan jalb etiladigan imtiyozli kreditlari va grantlari, xayr-ehson qiluvçilarning mablağlari;

Jamğarmaning vaqtinça böş mablağlarini joylaştirişdan olinadigan daromadlar;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa tuşumlar.

Qarorning bajarilişini nazorat qiliş Vazirlar Mahkamasining Yoşlar siyosati, madaniyat, ma'naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat taşkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklandi.