Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 26 dekabr kuni Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi va muzeyni borib kördi.
Davlat rahbari şu yerda yozuvçi va şoirlar, adabiyotşunos olimlar, yoş ijodkorlar bilan muloqot qildi.
Prezident mamlakat taşqi siyosatidagi ayrim jihatlarga töxtalib ötdi:
«Izlanişdamiz, niyatimiz şundaki, iloji boriça... Mana, biz katta-katta integratsiyalarga qöşilmoqçimiz. Hamma har xil aytyapti: mustaqillikni berib qöyamiz...
Heç kim heç qaçon mustaqillikni, özbek millati, kim bölişidan qat'i nazar endi bermaydi.
Bobolarimiz boşlab bergan kuraş hozir ham davom etadi. Lekin jilov özimizning qölimizda. Biz bozor iqtisodiyotida manfaat nuqtai nazaridan qaysi yöl töğriligini hisob-kitob qilişimiz kerak. Har kuni.
Albatta, bizning eng katta harakatimiz - eng ma'qul, eng töğri iqtisodiy manfaat yöliga kiramiz. Kim bilan borişimizni xalqimizning özi deputatlar bilan maslahat qilib... Deputat degani - u xalqimizning ovozi, xalqimizning közi, xalqimizning dardi. Xalqimiz bilan maslahatlaşib qilamiz. Yölimizning töğriligiga işonsak, qilamiz», - dedi Şavkat Mirziyoyev.
Bundan oldin, prezident Şavkat Mirziyoyev Nikkei Asian Review naşriga bergan intervyusida Jahon savdo taşkilotiga a'zo böliş – Özbekiston uçun eng zarur va ustuvor maqsadlardan biri sanalişini ma'lum qilgandi.
26 dekabr kuni Taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Ilhom Ne'matov «RIA Novosti»ga bergan intervyusida Özbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qöşilişdan foyda körişi mumkinligi haqida aytib ötgandi.
Eslatib ötamiz, oktabr oyida Rossiya Federatsiyalar Kengaşi spikeri Valentina Matviyenko Toşkentga qilgan safari mobaynida (hali prezident bilan uçraşmasdan turib) Özbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a'zo bölmoqçiligi haqida gapirgandi. Şundan keyin Özbekiston tomoni bu borada muzokaralar olib borilayotganini tasdiqlagan, çuqur öylab körilgandan keyingina bir qarorga kelinişi ma'lum qilingandi.











