Feysbukda qöşilgan qiymat soliği (QQS) hisobi haqidagi post ostida qoldirilgan fikr: «Soliq kalkulyatsiyalari haqida aniq tasavvurga ega bölmasam-da, kiçik biznes vakillari fikriga qaraganda, QQS ularga qattiq zarba beryapti va faqat katta öyinçilar uçun qulay muhitni yaratmoqda».

Töğri taşxis qöyiş qançalik muhimligini anglaş uçun şifokor böliş şartmas. Şu tufayli (agar tegişli tibbiy malaka bölmasa), öz-özini davolaş bilan şuğullanmaslik yoki savodsiz şifokorlarga işonmaslik lozim. Notöğri taşxis bilan «töğri» davolaş bemorga şifo emas, ölim keltirişi mumkin.

QQSga ötiş muammolari

2019 yilda QQSga ötgan köplab korxonalarning (hammasini emas, köpçiligining – ba'zi korxonalar bundan yutib ham çiqdi) muammolari nimada?

Ular uçun soliq yuki oşdi. QQS köp xarajat talab qiladigan soliq bölgani uçun, unga ötgandan keyin, korxonalarning soliq yuki oşdi. Şu tufayli «hammasiga QQS aybdor» degan xulosa kelib çiqmoqda. Bu esa kasallikning asosiy sababini haroratning kötarilişiga boğlaşga öxşaydi. Biroq, yuqorida aytganimizdek, notöği taşxis – notöğri davolaşga olib keladi.

Biznesga töğri taşxis qöyişi kerak bölgan ba'zi odamlarning (buxgalterlar, soliq maslahatçilari) bilimsizligi yoki şaxsiy manfaatdorligi (ularning biznesida QQS foydali emas, buxgalterlarga QQSni hisoblaşdan köra, YaSTni hisoblaş osonroq) natijasida jaholat oloviga ötin qalaşi, «Sizlarni ogohlantirgan edik, hammasiga QQS aybdor» deb jar solişi bilan vaziyat murakkablaşmoqda.

Ta'kidlayman, gap moliyaviy xizmatlar sohasidagi barça mutaxassislar haqida emas, balki ba'zi vijdonsiz va/yoki malakasizlar haqida ketmoqda.

Taşxis qöyişga qaytamiz. Aslida biznes QQSdan emas, balki soliq yukining oğirligi va ularni turli rejimdagi korxonalar va hatto alohida sub'yektlar (individual imtiyoz olganlar) örtasidagi taqsimotining notekis ekanidan aziyat çekmoqda.

Aslida juda köp (ön minglab) korxonalarning yagona soliq tölovidan (YaST) QQSga ötkazilişi – şubhasiz, progressiv qadamdir. Çunki YaST va oborotdan olinadigan boşqa soliqlar – ixtisoslaşuv, ijtimoiy mehnat taqsimotining, demakki iqtisodiyotimiz kelajagining qotilidir. Soliq islohotisiz Özbekiston iqtisodiyotini dunyo xöjaligining xom-aşyo ösimtasi sifatida qotib qolişiga mahkum qilgan bölar edik.

Islohotlarning juda ham ideal tarzda (yumşoq aytganda) ötkazilmagani va natijada köplab korxonalarga qöşimça qiyinçilik tuğdirgani boşqa masala.