Özbekiston Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi raisi Abduşukur Abdullayev yerga oid qonun buziliş holatlariga olib kelgan omillarni sanab ötdi.

«Birinçisi – bu sobiq ittifoq parçalanişi. Sobiq ittifoq parçalanganidan keyin yer tuzuvçi mutaxassislarning yöq bölib ketganligi. Ştatlari qisqartirib taşlangan. Ilgari, sobiq ittifoq paytida kolxoz, sovxoz degani bölardi, bitta kolxozda kamida bittadan yer tuzuvçisi bölgan. Bitta tumanni oladigan bölsak, neçta kolxoz, sovxozi bölsa, şunça yer tuzuvçilari bölgan. Lekin nima böldi? Bitta tumanda bitta [yer tuzuvçi]ga tuşib qoldi. U ham hammasida emas.

Ikkinçisi – yerlarni tarqatiş, yer ajratiş jarayonlarining şaffof emasligi. Yer tender asosida berilardi. Tenderlar qanday taşkil etilardi? Uni ham juda yaxşi bilasizlar. Oçiqligi ta'minlanmagan. Yer olmoqçi bölgan odam keladi, arizasini beradi, oylab kutadi. Palon vaqtda keling, piston vaqtda keling, hammasi yiğilmadi, keyingi oyga qoldirildi... Şunday qilib, olti oy, yetti oy, bir yilgaça çözilardi. Eng yomoni – bir yilgaça çözilib, keyin oxirida salbiy javob olardi.

Uçinçi sababga kelsak, prezidentimizning juda köp takrorlaydigan iboralari bor: qonun ustuvor, jazo muqarrar. Qonunçilikda belgilangan normalarimiz bor. Lekin öşani buzganlikka jazo muqarrarligini his etmaslik bu ham yerga oid qonun buzilişlariga olib keldi», – dedi Abduşukur Abdullayev.

Qömita raisi mazkur muammolarni bartaraf etiş böyiça sönggi 2-3 yilda qilingan işlarga töxtaldi. Dastlab sohadagi kadrlar masalasi hal etilgani va respublikada 1034ta yer tuzuvçi ştatlari kiritilgani, avvalgi körsatkiç deyarli 6 barobarga köpaytirilganini aytib ötdi. Şuningdek, yerlarni auksion orqali beriş yölga qöyilgani ta'kidlandi.

«Yuqorida aytilgan noşaffof bölgan jarayonlar endi oçildi. Şu oy yana bir qaror çiqdi. Auksionni ötkaziş yana takomillaştirildi», – dedi Abdullayev 27 dekabr kuni matbuot anjumanida.

Ma'lum qilinişiça, ötkazilgan monitoring natijasida joriy yilning 25 dekabr holatiga respublika böyiça 4596ta holatda jami 1941 gektar yer maydoni yerdan foydalanuvçilar va fuqarolar tomonidan özboşimçalik bilan egallab olinib, şundan 337 gektariga (17 foiz) uy-joy va boşqa qurilişlar qurib olinganligi va yerlardan samarasiz foydalanib kelayotganligi aniqlanib, bartaraf etilişi böyiça tegişli çoralar belgilangan.