Köçmas mulkni röyxatga oliş va kadastr tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari qabul qilinadi. Prezidentning bu haqdagi qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.
Quyidagilar negizida Özbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi qoşida Kadastr va geofazoviy axborot agentligi taşkil etiladi:
Özbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi tarkibidagi Davlat kadastrlari milliy markazi;
Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri yer tuziş va köçmas mulk kadastri davlat korxonalari.
Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
Davlat kadastrlarini yuritiş va köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş sohasida yagona davlat siyosatini amalga oşirilişini ta'minlaş;
Davlat yer kadastri, binolar va inşootlar davlat kadastri, manzilli reyestr, hududlarning davlat kadastrini yuritişni taşkil qiliş;
Yagona davlat kadastrlari tizimi, Milliy geografik axborot tizimi, Fazoviy ma'lumotlarning milliy infratuzilmasi, Doimiy amal qiluvçi turgan joyni aniqlovçi global yöldoş stansiyalari milliy tarmoği, kadastr va köçmas mulkni röyxatdan ötkazişning integratsiyalangan axborot tizimi – elektron hukumat tizimining bazaviy platformasi tarkibiy elementlarini işlaşini ta'minlaş;
köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş, davlat kadastrlarini yuritiş, köçmas mulkni yoppasiga kadastr baholaş, fazoviy ma'lumotlarni yaratiş va ulardan foydalaniş sohasidagi normativ-huquqiy bazani, texnik boşqaruv va standartlaştiriş tizimini işlab çiqiş, tasdiqlaş orqali takomillaştiriş;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş asosida köçmas mulk obektlariga bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkazişning şaffof va umumiy foydalaniş uçun oçiq bölgan tizimining amal qilişini ta'minlaş;
köçmas mulk obektlarini ommaviy kadastr baholaşni taşkil qiliş va amalga oşiriş;
köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş, davlat kadastrlarini yuritiş, köçmas mulkni ommaviy kadastr baholaş, fazoviy ma'lumotlarni yaratiş va ulardan foydalaniş sohalarida ilmiy-tadqiqot işlarini taşkil qiliş va amalga oşiriş;

















