Islom dini tinçlik va omonlik, insonni komillikka yetaklovçi din. Ammo, ba'zida ayrim şaxslar tomonidan bu dinga nisbatan ğarazli böhtonlar bölib turadi. Bundan taşqari, dunyoning turli mamlakatlarida sodir etiladigan turli xurujlar, qurolli hujumlarni uşbu din bilan boğlaş holatlari uçraydi. Qolaversa, hozirgi kunda Islomga e'tiqod qiluvçilar orasida ham turli fikrlilar, har xil ğoyalarga ergaşuvçilar bor. Tabiiy, bunday holatda ularga Islom dini va uning ta'limotlarini töğri yetkaziş juda muhim hisoblanadi.
Zamonamizning diniy olimlaridan biri Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh Islom dini ta'limotlarini şogirdlari va mö'min-musulmonlarga örgatar ekan, Ahli sunna va jamoa e'tiqodini keng yoyiş, unga rioya qilişni öz dasturul-amaliga aylantirgan edi.
Rossiyada bölib turgan Kun.uz muxbirlari Moskva şahrida taşkil etilgan Şayx nomidagi madrasada böldi va uning faoliyati bilan yaqindan tanişdi hamda Şayx hazratlarining şogirdlaridan biri – madrasa mudarrisi Risqulbek domla Karimbekov bilan suhbat qildi.
- Assalomu alaykum. Domla, hozir biz Moskva şahridagi Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomida taşkil etilgan va siz mudarrislik qilayotgan madrasada bölib turibmiz. Mazkur madrasa taşkil etiş ğoyasi qaçon va qanday paydo böldi?
Şayx hazratlari hayotlik vaqtlarida Moskvada «Dorunnaşr» va «Hilolnaşr» deb nomlangan naşriyotlarimiz bor edi. U kişining taşabbuslari bilan kitoblari rus tiliga tarjima qilinib, Rossiyadagi rusiyzabon öquvçilarga taqdim etilar edi. U kişi vafotlaridan söng, «Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi ma'naviy-ma'rifiy uy» deb nomlanuvçi taşkilot oçdik. Mazkur taşkilot huzurida bir madrasa taşkil etişga qaror qildik. Bu Hazratning işlarini davom ettirib kelayotgan Ismoil Muhammad Sodiq va uluğlarimiz bilan maslahatlaşib amalga oşirildi.
- Uşbu madrasada neça kişi tahsil olmoqda, Islom dini ta'limotlarini örganmoqda?

Madrasamiz ikki qismga bölinadi. Birinçisi, erkaklar uçun möljallangan bölib, 50ga yaqin talabamiz bor. Ikkinçisi, Moskva şahrining boşqa hududida bölib, ayollarga Islom ta'limotlarini örgatadi. U yerda 3ta guruhimiz bölib, özbek, qirğiz va rus tillarida ilm beriş yölga qöyilgan. Ayollar madrasasida 100ga yaqin ayollar öz ona tillarida diniy ta'lim oliş imkoniyatlari barpo qilingan.















