2019 yil 28 dekabrda soat 17:10 larda Namangan viloyati Pop tumani hududidan ötgan A-373 “Toşkent-Öş” avtomobil yölining 223-km.da haydovçi - Toşkent viloyati Yuqoriçirçiq tumanida yaşagan, 1994 yilda tuğilgan D.O. “Isuzu” rusumli yuk avtomobilini boşqarayotib, yölni ikkiga ajratib turuvçi temir tösiqqa urilib, ağdarilgan. Şundan söng, avtomobil qarama-qarşi yönalişga ötib ketib, qarşisidan harakatlanib kelayotgan, haydovçi - Uyçi tumanida yaşovçi, 1993 yilda tuğilgan V.M. boşqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomobil bilan töqnaşib ketgan. 

Yöl-transport hodisasi oqibatida “Isuzu” haydovçisi D.O. voqea joyida halok bölgan. 

Dastlabki ma'lumotlarga köra, hodisa “Isuzu” haydovçisining xavfli burilişda harakat xavfsizligini ta'minlay olmaganligi oqibatida sodir bölgan.

Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB haydovçilardan toğli dovon yölida harakatlanayotganda öta huşyor va yöl harakati qoidalariga qat'iyan amal qilişni sörab qolgan.