Asirlar almaşiş böyiça kelişuv uç hafta muqaddam Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy örtasida Germaniya va Fransiya prezidentlari iştirokidagi uçraşuvda tuzilgandi.

Almaşuv tumanli tongda Donbass bilan çegaradagi «Mayors» nazorat-ötkazuv punktida boşlandi va tuşlikdan keyin yakunlandi. Kiyev 87 kişini topşirib, 55 kişini olib ketişni rejalaştirgandi. Yakunda köproq asir almaşildi - 124ga 76 kişi.

Öndan ortiq kişi ayirmaçilar nazoratidagi hududga qaytişni istaşmadi. Şuningdek, Kiyevdagilar röyxatidagi 4 kişi Donetskda qolişga qaror qilgan.

Ikki yil oldingi asirlar almaşinuvida ham tengsizlik kuzatilgandi: Kiyev 233 kişini qaytargan va evaziga 73 kişi olgandi. Bundan taşqari, sentyabrda Rossiya va Ukraina «35»ga «35» formatida asirlar almaşgandi.

Ukraina şarqidagi qurolli nizo 2014 yili ğarbparastlarning Kiyevdagi norozilik namoyişlari va Qrim Rossiya tomonidan egallab olinişidan keyin boşlangandi.

Ozod qilingan ukrainlar birinçi navbatda ovqatlantirildi

Kiyev va Ğarb davlatlari Moskvani Donbassdagi ayirmaçilarni siyosiy va harbiy jihatdan qöllab-quvvatlaşda ayblaydi. Kreml bu işga aralaşganini tan olmaydi. Şu bilan birgalikda bu davlat «DXR» va «LXR»da yaşovçilarga Rossiya pasportlarni tarqatadi hamda Ukraina hukumatining ayirmaçilar bilan muzokaralarida vositaçilik qilib keladi.

Almaşuvga qanday tayyorgarlik körildi

Almaşuv haqida 9 dekabr kuni Parijdagi «normand formati» şaklidagi uçraşuvda Rossiya, Ukraina, Germaniya va Fransiya rahbarlari iştirokida kelişib olingandi.

Luganskdan ukrainaliklarni olib kelayotgan avtobuslar

Dekabr oyi oxiriga kelib ukrain naşrlari Kiyev Donetsk va Luganskka 2014 yil Maydan voqealari vaqtida odamlarni öqqa tutişda ayblangan Ukraina Içki işlar vazirligining «Berkut» bölinmasi harbiylarini topşirişga roziligi haqida xabar tarqatdi.

Almaşuv kuni - 29 dekabr - faqat şu kunlarda ma'lum böldi. Sanani birinçi bölib «Donetsk Xalq Respublikasi» vakillari, keyin Zelenskiy tasdiqladi.