26 dekabr kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Toşkentda yangi qurilgan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi va muzeyni borib kördi va şu yerning özida yozuvçi va şoirlar, adabiyotşunos olimlar hamda yoş ijodkorlar bilan muloqot qildi.

Prezident muloqot davomida Oliy Majlisga böladigan murojaatnomasi haqida ham töxtalib ötdi.

«Parlamentga qiladigan murojaatimiz tayyor bölgan. Yangi parlament saylanişi bilan, nasib bölsa, yanvar oyi örtalarida bu tadbirni ham ötkazamiz», — deya prezident sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

An'ana böyiça, Özbekiston prezidentining Oliy Majlisga qiladigan murojaatida yil nomi ham taklif qilinadi.

Eslatib ötamiz, 22 dekabr kuni Özbekistonda Qonunçilik palatasi uçun saylovlar bölib ötdi. Dastlabki natijalarga köra, 150 deputatlik parlamentga 125 deputat saylandi, 5 yanvar kuni 25ta saylov okrugida takroriy ovoz beriş ötkaziladi.