«Yangi yilda Ukraina, Belarus, Qozoğiston, Özbekiston va Kiprga safar qilib, hamkasblarim bilan körişiş hamda AQŞ siyosatining Yevropa va Markaziy Osiyo böyiça ustuvor yönalişlarini tasdiqlaşni intizorlik bilan kutyapman», – deb yozdi Pompeo Twitter sahifasida.
Excited to travel to Ukraine, Belarus, Kazakhstan, Uzbekistan, and Cyprus in the new year to meet with counterpars and affirm U.S. priorities across #Europe and South Central Asia.
— Secretary Pompeo (@SecPompeo) December 30, 2019
AQŞ Davlat departamenti press-relizida qayd etilişiça, Pompeo turnesini 3 yanvar kuni Ukrainadan boşlaydi. U Kiyevda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, TIV rahbari Vadim Pristayko va Mudofaa vaziri Andrey Zagorodnyuk bilan muzokaralar ötkazadi.
4 yanvar kuni Belarusda böladi, Yevropa mamlakatlariga taşrifini yakunlagaç, avval Qozoğistonga, keyin Özbekistonga keladi.
4 yanvar kuni Pompeo Minskda bölib, Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko hamda Taşqi işlar vaziri Vladimir Makey bilan uçraşadi.
5 yanvar kuni u Nur-Sultonga uçadi, uni Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev qabul qiladi, u şuningdek Qozoğistonning birinçi prezidenti Nursulton Nazarboyev hamda TIV rahbari Muxtar Tleuberdi bilan uçraşuvlar ötkazadi.
5-6 yanvar kunlarida Pompeo Toşkentda böladi.
Özbekiston TIV xabar berişiça, AQŞ Davlat departamenti delegatsiyasi Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinadi.
«Taşrif dasturida Özbekiston Taşqi işlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar ötkazişi nazarda tutilgan bölib, unda 2018 yil may oyida Vaşington şahrida bölib ötgan oliy darajadagi Özbekiston-AQŞ uçraşuvi doirasida erişilgan kelişuvlarning bajarilişi hamda xalqaro muammolar yuzasidan fikr almaşiş rejalaştirilgan.
6 yanvar kuni AQŞ Davlat kotibi «Markaziy Osiyo – AQŞ» şaklidagi vazirlar uçraşuvida («C5+1») ham iştirok etadi. Tomonlar mintaqaviy hamkorlikka oid masalalarni, xususan, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş, çegara xavfsizligini mustahkamlaş, şuningdek, Markaziy Osiyoning savdo va transport tizimlariga Afğonistonni integratsiya qilişni muhokama qiladilar», deyilgan









