30 dekabr kuni Senatda Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş milliy komissiyasining majlisi bölib ötdi. Unda komissiya raisi Tanzila Norboyeva tungi navbatçilik va majburiy mehnat masalalariga töxtaldi.
«Majburiy mehnatning Xalqaro mehnat taşkiloti tomonidan belgilab berilgan 11ta sifati bor. U konvensiyaga kiritilgan. Tungi navbatçilik, masalan, u majburlaşga kiradi baribir. Çunki u öz xohişi bölmasa ham, keçasi bilan ötirişga majbur.
Lekin haşar, [öz] hududini tozalaş – bunaqa narsalar majburiy mehnatga kirmaydi. Öşa bitta-ikkita odam xohlamasa çiqmasin. Uni birov zörlamaydi ham, qattiq gapirişga ham haqqi yöq», – degan Norboyevaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Senat raisi davlat dasturlari doirasida mehnatga jalb etiş holatlariga ham öz munosabatini bildirdi.
«Obod qişloq», «Obod mahalla» haqida gapirganimda, masalan, öqituvçi dars berayotgan bölsa, öşa dars soati paytida: «Borib «Obod qişloq»ning işini qil» yoki tibbiyot xodimiga davolaş, iş jarayonida «Borib öşa yerdagi işni qilgin» deyiladigan bölsa, bu – majburiy mehnatga kiradi. Çunki u özining funksiyasini bajarmayapti, boşqa işga jalb qilinyapti», – dedi u.
Senat raisi komissiya a'zolariga tungi navbatçilikka oid yagona munosabatni şakllantiriş va agar davlatga köngillilik asosida qöşimça işlar zarur bölsa, buni yangi tahrirda işlab çiqilayotgan Mehnat kodeksida inobatga oliş kerakligi haqida körsatma berdi.












