Bugun, 30 dekabr kuni Oliy Majlis Senatida Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş milliy komissiyasi majlis ötkazdi. Uni komissiya raisi – Senat rahbari Tanzila Norboyeva olib bordi.

Majlisda sözga çiqqan Içki işlar vazirining birinçi örinbosari Aziz Toşpölatov xorijiy davlatlarda odam savdosi qurboni bölgan va qiyin ahvolga tuşib qolgan fuqarolarni vatanga qaytarib olib kelişdagi muammolar haqida gapirdi.
«Bunda asosiy muammolarimiz – yöl xarajatlari va jabrlanganlarga vaqtinça yaşab turişlari uçun uy-joy va oziq-ovqatga sarflanadigan pul mablağlarini qoplaşga qaratilgan jamğarma yoki manba mavjud emasligi. Hattoki çet davlatlardagi konsullik xizmatlarimizda ham şunday muammolar yuzaga kelmoqda.
Şuning uçun odam savdosi qurboni bölgan yoki qiyin ahvolga tuşib qolgan fuqarolarga nafaqat yuqorida aytib ötilgan yordamlarni, balki tibbiy, ijtimoiy, yuridik hamda boşqa yordamlarning körsatilişini inobatga olgan holda xalqaro ekspertlar tomonidan berilgan tavsiyalar asosida odam savdosi jabrdiydalari uçun fond taşkil qilişimiz kerak», – degan Toşpölatovning sözlarini keltirdi Kun.uz muxbiri.

Vazir örinbosari, şuningdek, odam savdosi jabrdiydalariga yordam beriş böyiça respublika reabilitatsiya markazida zaruriy yordam körsatilişi xalqaro standartlarga mos kelmasligini ham qayd etdi.
«Misol uçun, hozirgi kunda 1 nafar jabrlanuvçi uçun tibbiy dori-darmonlar (10 kun uçun) 49 ming sömni taşkil qilmoqda hamda kunlik ovqatlaniş uçun 11 ming 900 söm pul ajratiladi. Albatta, bu bilan hozirgi kunda joylaştiriş hamda yordam beriş imkoniyati yöq. Buni ham qöşimça mablağ bilan ta'minlaş masalasini körib çiqiş maqsadga muvofiq bölar edi», – dedi Aziz Toşpölatov.
Bunga javoban Senat raisi Tanzila Norboyeva barça tuzilmalar, jumladan, Xotin-qizlar qömitasi, Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Respublika kengaşi va Yoşlar ittifoqida fondlar borligini aytib ötdi.

«Ana şu mavjud fondlardan samarali foydalaniş kerak. Hammalarining faoliyatida ham ana şu yönaliş [odam savdosi jabrdiydalariga yordam körsatiş yönalişi] bor. Hamma nodavlat taşkilotlariga kerakligidan ortiq pullarni davlat rahbari berdilar», – dedi Norboyeva.












