30 dekabr kuni Facebook'da Otabek Nuritdinov taxallusi ostida ijtimoiy-siyosiy voqealarga munosabat bildirib kelgan Abdufatto Nuritdinov 15 sutkaga qamalgani haqida xabarlar tarqaldi.
Içki işlar va prokuratura idoralari yuqoridagi faktni tasdiqladi. Rasmiy ma'lumotga köra, tuhmat, haqorat va mayda bezorilikda ayblangan bloger Andijon viloyati ma'muriy sudining 30 dekabrdagi qaroriga asosan BHMning 60 baravari miqdorida jarimaga tortilgan.
Otabek Nuritdinov kim?
Abdufatto Nuritdinov Andijon viloyati Asaka şahri, Ibn Sino mahallasi Şinam köçasida yaşaydi. Facebook'da Otabek Nuritdinov nomi ostida akkaunt yuritadi.
U feysbukda Andijon viloyati ijtimoiy sohalaridagi kamçiliklar haqida yozib kelgan. Tizim rahbarlari haqida keskin fikrlar bildirib, xalq ta'limi, maktabgaça ta'lim, yöl muammolari va boşqa mavzularda tanqidiy postlar yozib borgan.
Sönggi kunlarda u Jalaquduq tumanida yaşovçi aholi vakillarining 22 dekabr kuni ötkazilgan saylovlar natijasidan noroziligi ifodalangan videolavhalarni ulaşgan.
U qaysi aybi uçun jazoga tortildi?
Andijon viloyat IIB Abdufatto Nuritdinovga 15 sutka qamoq jazosi tayinlanişi böyiça batafsil ma'lumot berdi.
«Fuqaro E.Yakubov, huquqni muhofaza qiluvçi organlarga ariza bilan murojaat qilib, Facebook’ ijtimoiy tarmoği orqali «Otabek Nuritdinov» nomli akkaunt egasi tomonidan uni obrösizlantiruvçi, asossiz va tuhmatdan iborat bölgan ma'lumotlarni muntazam ravişda joylaştirib kelayotganligini, şu sababli «Otabek Nuritdinov» nomli akkaunt egasiga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.
Şuningdek, fuqarolar M.Isaqova va F.Buzrukov ham «Facebook» ijtimoiy tarmoğidagi «Otabek Nuritdinov» nomli akkaunt egasiga nisbatan çora körişni sörab murojaat qilib, M.Isaqova özining şikoyatida joriy yilning 18 oktabr kuni uning şaxsiyatini şarmanda qiluvçi uydirmalar tarqatib, u va uning jamoasini «korrupsion öçoğ» deb haqorat qilganini bildirib, tuhmat va haqorat qilingani, F.Buzrukov esa özining profili orqali «33 million kişi bittadan tuflasa ham tufugiga çökib ölasan, oynaga bir qaragin yaxşilab e'tibor berib qaragin» deb uşbu profilga uni tasvirlab, şaxsiyatiga teguvçi «çöçqa» rasmini joylab, uni qattiq haqorat qilganligini bildirgan.
Mavzuga oid
Bundan taşqari, A.Nuritdinov, joriy yilning 30 dekabr kuni soat 10:30da jamoat joyi hisoblangan Asaka tumani Moliya bölimining ma'muriy binosi yonida, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimasdan, hokimiyat va davlat idoralarining vakillariga noörin talablar qöyib, fuqaro B.Qohhorovni uyatli sözlar bilan sökib, fuqarolarning osoyiştaligini buzuvçi xatti-harakatlarni sodir etgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekşiruv harakatlari davomida fuqaro A.K. Nuritdinov tomonidan Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 40-(tuhmat), 41-(haqorat) va 183-(mayda bezorilik) moddalarida körsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etgani aniqlanib, töplangan hujjatlar örnatilgan tartibda ma'muriy sudga yuborilgan.
2019 yilning 30 dekabr kuni iş yuzasidan Andijon viloyati ma'muriy sudi qaroriga asosan, fuqaro Nuritdinov Abdufatto Kamolitdinoviçga nisbatan Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javrobgarlik töğrisidagi kodeksining 40-moddasi bilan bazaviy hisoblaş miqdorining 30 baravari miqdorida 6 690 000 söm jarima jazosi; 41-moddasi bilan bazaviy hisoblaş miqdorining 30 baravari miqdorida 6 690 000 söm jarima jazosi, 183-moddasi bilan 15 (ön beş) sutka ma'muriy jazo belgilanib, biroq, uşbu jazolar Kodeksning 34-moddasi qöllanilgan holda uzil-kesil ötaş uçun 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan», deyiladi ma'lumotda.
Asaka tuman prokuraturasi ham bu borada rasmiy ma'lumot berdi.
«Asaka tuman prokuraturasi tomonidan Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida tuğilgan, Asaka tumani, Ibn Sino MFY, Şinam köçasi, 23-uyda yaşovçi fuqaro Nuriddinov Abdufatto Kamolitdinoviç Asaka tuman IIB tomonidan Ma'muriy javobgarlikka tortiş haqida qaror qabul qilinganligi aniqlandi.
Örganiş davomida, A.Nuriddinov Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 40-moddasi, 41-moddasi, va 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Andijon viloyati ma'muriy sudining 30.12.2019 yildagi qaroriga asosan A.Nuriddinovga Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 40-moddasi bilan bazaviy hisoblaş miqdorining 30 baravari miqdorida 6 690 000 söm jarima jazosi, mazkur kodeksning 41-moddasi bilan 30 baravari miqdorida 6 690 000 söm jarima jazosi, 183-moddasi bilan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Bundan taşqari, sudning qaroriga asosan A.Nuriddinovni qamoqda bölgan har bir kuni uçun 33 450 söm miqdorida, jami 501 750 söm qamoqda saqlaş xarajatlari undirilişi belgilangan.
Şuningdek, mazkur qarorni ijro qiliş Andijon şahar IIB zimmasiga yuklatilganligi ma'lum qilinadi», deyiladi prokuratura xabarida.
«Otabek Nuritdinov»ning oila a'zolari nima deydi?
Abdufatto Nuritdinovning oila a'zolari bilan Andijon viloyat ma'muriy sudi binosi yonida uçraşdik. Ular sud qarorini oliş uçun kelişgan ekan.
«Otabekni 30 dekabr kuni Asaka tuman moliya bölimiga, «Siz söragan hujjatlar tayyor böldi», deb çaqirişgan. U soat önda öşa yerga borsa, unga öşa yerdagi xodimlardan biri, «Mana sen söragan ma'lumotlar», deb uning betiga otibdi. Otabek, «Nima qilyapsizlar?», desa moliya bölimidagilar bir-biri bilan urişib, janjal kötarişgan. Söng Otabekni, mayda bezorilik, haqoratda ayblab maşinaga solib, IIBga olib kirib ketişibdi. Menga bu haqda öşa yerda bölgan moliya xodimlaridan biri gapirib berdi. U odamning xavfsizligi nuqtayi nazaridan ismi-şarifini ayta olmayman», deydi onasi Matlubaxon Qurbonova.
Uning opasi ham fikrlarini bildirdi.
«Nohaqlik böldi. Agar oddiy holatda fuqaro huquqbuzarlik yuzasidan murojaat qilsa, ön-ön beş kun iş kunida körib çiqişadi. Otabek ukam işida bölsa, bir-ikki soatni içida barça dalil-isbotlarni tayyor qilişgan. Asaka qolib, Andijondagi sudga olib kelişibdi. Qarorni kördik, u moliya bölimi binosida birovni urgan bölsa, sud med-ekspertiza tahlillari qani?», deydi opasi Mohiraxon Nuritdinova.
Otabekning onasiga keçki soat 7larda MFY orqali «Öğlingizning maşinasi moliya bölimi orqasida turibdi», degan xabarni aytişadi.
«Maşinani olgani borganimda, «Asaka tuman IIB jinoyat-qidiruv bölinmasi xodimi Sirojiddinga uçrang», deyişdi. Borganimda IIB xodimi, «Öğlingizni mayda bezorilik, haqorat uçun olib kirib qöydik. Hozir Andijonda sudda», dedi. Men xodimga farzandim unday bezorilik qiladigan yigitlardan emasligini aytdim. Andijonga boray, desam bugun-erta kelinimning közi yoriydigan. Uni yolğiz taşlab keta olmadim», deydi Matlubaxon Qurbonova.
Ma'muriy sud binosiga turmuş örtoğidan xavotir olib, uning rafiqasi Nilufar Ziyovuddinova va ikki qizi – Safiya va Osiyo ham birga kelgan edi.
Abdufatto Nuritdinovning onasi yana Asaka tuman IIB jinoyat-qidiruv xodimi unga öğlining qamalişiga qanday izoh berganini aytdi.
«Xodim «öğlingizga ançadan beri material yiğilgan, Otabek Nuritdinov internetdagi postlarida odamlarni haqorat qilib kelyapti. Bugungi iş qöşimçasi bölibdi. Sizga telefon qilib yana ma'lumot beraman», dedi. Lekin telefon qilişmadi. Öğlimning maşinasi içida kimlardir davlat mulkini talon-toroj qilgani töğrisida hujjatlar bor edi. Heç narsa qolmabdi. Otabek Rossiyada işlab kelgan. Ayni paytda heç qayerda faoliyat yuritmas edi. Uylarimiz buzildi. Quriliş işlari bilan band edi», deydi u.
Şu paytda blogerning opasini Ma'muriy sud binosiga çaqirişdi. Bir muddatdan söng içkaridan çiqqan Mohiraxon Nuritdinova sud raisining yordamçisi unga Abdufatto Nuritdinovni tovon puli tölab olib çiqib ketib bölmasligi va ikki oy muddat içida qayta körib çiqişga ariza va şikoyat beriş huquqiga ega ekanligini tuşuntirgani haqida aytib berdi.
Facebook'da akkaunt yuritgan fuqaroning oilasi uning ahvolidan xabar oliş va şikoyat-ariza tayyorlaş uçun advokat yollaşini aytişdi.
Ayni paytgaça örganişlarimiz böyiça mana şu ma'lumotlarga ega böldik. Voqealar rivojini kuzatamiz.