AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron bilan qurolli nizoga kirişişni istamasligini aytdi.

"Buni istaymanmi? Yöq. Men tinçlik bölişini istayman. Men tinçlikni sevaman. Eron hamma narsadan ham köproq tinçlik sari intilişi kerak. Töqnaşuv böladi deb öylamayman. Bu Eron uçun yaxşi ğoya emas deb öylayman. Eron buni istaydi deb öylamayman", - dedi u jurnalistlar bilan uçraşuvda.

31 dekabr kuni Bağdoddagi AQŞ elçixonasi binosi yaqinida yuzlab namoyişçilar Amerikaning Iroqdagi diplomatik missiyasi yopilişini va mamlakatdan AQŞ qöşinlari olib çiqib ketilişini talab qilişdi.

Donald Tramp uşbu tartibsizliklar ortida Eron turgani haqida bayonot berdi.

Keyinroq esa iroqliklarni Eronga qarşi qözğalişga çaqirdi.